Aydan Şener (talaffuzi: Aydan Shener) (1963-yil 1-martda tugʻilgan) — Choliqushi serialidagi Feride roli bilan tanilgan turkiyalik model va kino aktrisasi.

Aydan Şener
Tavalludi 1-mart 1963-yil (1963-03-01) (61 yosh)
Fuqaroligi Turkiya bayrogʻi Turkiya
Kasbi Aktrisa, model
Faoliyat yillari 1980-bugun

Biografiyasi tahrir

Aydan Şener 1963-yil 1-martda Turkiya janubi-sharqidagi Kilis kichik shaharchasida musiqashunos va uy bekasi boʻlgan tatar oilasida tugʻilgan.

Aydanning ota-bobolari Qozonlik edi[1] 1877-yilda choʻqinishdan bosh tortib, uning bobosi va oilasi boshqa davlatga koʻchib ketishdi. Oʻsha davrlarda koʻplab musulmonlar nasroniylikni qabul qilishni hohlamay, uylarini tashlab, Turkiyaga koʻchib ketishdi.

Aydan Şener yoshligida ota-onasi Bursaga koʻchib oʻtishdi va u yerda oʻrta maktabni tugatdi.

Oʻn sakkiz yoshida Aydan Şener „Turkiya goʻzali“ tanlovida gʻolib chiqdi va „Dunyo goʻzali 1981“ da oʻz mamlakatini himoya qildi. Ammo bu safar toj venesuelalik Pilin Leonga nasib etdi. „Turkiya goʻzali“ unvonini olganidan soʻng, u oʻzini modellik biznesida muvaffaqiyatli namoyish eta oldi. Shuningdek, reklama roliklarida ham suratga tushgan.

Koʻp oʻtmay u ilk filmida debyut qildi. „Choliqushi“ serialidagi Feride roli unga jahon shuhratini keltirdi.

1983-yilda Aydan Şener Ayxan Akbinga turmushga chiqdi. Keyingi yillarda spektakllarda roʻl ijro etdi[2] Oʻshanda u futbol boʻyicha Turkiya terma jamoasi azosi edi. Besh yil oʻtib ularning qizi Ecem dunyoga keldi. Ammo 1991-yilda er-xotin ajrashishdi.

Kinodagi faoliyat tahrir

Aydan Şener Reshat Nuri Gyuntekinning Choliqushi nomli asari asosida suratga olinga huddi shu nomdagi teleserialda Feride roli bilan tanildi. Roman jahon klassikasi sifatida tan olingan. Film rejissori Usmon Seden.

Aktrisaning yana bir mashhur filmi „Somon yoʻli“ filmi edi. Aydan bosh qahramon Zyulal rolini oʻynadi.

Asosan, u dramatik va melodramatik seriallarda rol oʻynagan. Aydan Şenerning oʻzi eʼtirof etganidek:

Filmlar Turkiyada suratga olinadi, lekin biz xohlagan darajada emas. Bizda juda ko'p professional, qiziqarli aktyorlar bor, lekin ular pul topish uchun qandaydir televizion loyihalarda qatnashishga, reklama roliklarida rol o'ynashga majbur bo'lishadi[1]

Vaqti-vaqti bilan aktrisani mashhur shoularda va telekoʻrsatuvlarda uchratish mumkin.

Filmlari tahrir

  • "Küçük Ağa" (TV) (1983) — Emine
  • Choliqushi (1986) — Feride
  • Yeniden dogmak (serial) (1987) — Fatma
  • "Somon yoʻli" (1989) — Zilol
  • Yol Palas Cinayeti (serial) (1991)
  • "Ay Işığında Saklıdır"(TV) (1996)
  • "Yüzlesme" (TV) (1996)
  • "Bir askin bittigi yer" (1996) — Oisha
  • "Nefes Alamıyorum" (serail) (1996) — Suna
  • "Nice yillardan sonra" (serial) (1997) — Nilgun
  • "Huznun yuzu" (TV) (1997) — Ebru Ertuk
  • "Ah Nalan Ah" (TV) (1997) — Nalan
  • Sakin Kasabanın Kadını (1997) — Serap
  • "Kumru" (TV) (2000) — Qumri
  • "Mühürlü güller" (serial) (2003) — Muala
  • "Beni bekledinse" (TV) (2004) — Omina
  • "Masum degiliz" (serial) (2005) — Zeyda
  • "Evimin Erkeği" (serial) (2007)
  • "Fikrimin İnce Gülü" (serial) (2007) — Zahro
  • "Sürgün Hayatlar" (serial) (2008)
  • "Kırmızı Işık" (serial) (2008) — Sunush
  • "Yıllar sonra" (2011)
  • "Kalbimdeki deniz" (serial) (2017) — Zahide Oğuz

Manbalar tahrir