Ayollar oʻrtasidagi Albaniya milliy futbol chempionati

Ayollar oʻrtasidagi Albaniya milliy futbol chempionati (alban: Kampionati Kombëtar i Futbollit për Femra), baʼzi manbalarda Albaniya ayollar milliy chempionati deb ham ataladi, Albaniyadagi ayollar futbolining eng yuqori diviziyasi. Ayollar oʻrtasidagi Albaniya milliy futbol chempionati joriy mavsumida 11 ta klub kurash olib bormoqda.

Davlat Albaniya bayrogʻi Albaniya
Konfederatsiya UEFA
Futbol tuzilmasidagi oʻrni 1-darajali
Tashkil etilgan 2009-yilda
Jamoalar soni 11 ta
Ichki kuboklar Albanian Womenʼs Cup
Xalqaro musobaqalar UEFA Womenʼs Champions League
Amaldagi chempion KF Vllaznia Shkodër
Eng koʻp marta chempion KF Vllaznia Shkodër (9 marta)
Veb-sayt Official website
Amaldagi oʻyin 2021-2022-yilgi mavsum Ayollar oʻrtasidagi Albaniya milliy futbol chempionati

Tarixi tahrir

Futbol Albaniyada eng ommabop sport turlaridan biri hisoblansa-da, ayollar futboli 2007-yilga qadar mamlakatda tarixan yaqqol keng moqyosda namoyon boʻlmagan. 2007-yil 15-18-avgust kunlari Saranda shahrida ayollar futbolini ommo oldida reklama qilish maqsadida tarixda birinchi milliy turnir oʻtkazilgan. Ushbu turnida ishtirok etgan jamoalar ham Tirana, Shkodra, Korsa va Rubik shaharlaridan kelgan oʻyinchilardan tashkil topgan havaskor jamoalar edi[1]. Keyingi ikki yil ichida sportning nufuzini oshirish va rasmiy ayollar oʻrtasidagi Albaniya milliy futbol chempionatini boshlash uchun Albaniya futbol assotsiatsiyasining ko‘magini ostida yana oltita o‘rtoqlik turniri o‘tkazildi[2].

Albaniyadagi birinchi norasmiy turnirdan ikki yil oʻtib, birinchi rasmiy musobaqa 2009-yil 23 va 28-yanvar kunlari Tirandagi Selman Stërmasi stadionida boʻlib oʻtdi. Turnirda sakkizta jamoa ishtirok etdi. Ular: Tirana AS, FC Tropoja, Juban Danja, Olimpik Tirana, Tirana, KF Rubiku, KF Memaliaj va KF The Door Shkodra.

2009-yilning 23-yanvar kuni chorak final, 25-yanvar kuni yarim final, uch kundan keyin, 28-yanvar kuni, „Selman Stërmasi“ stadionida final bahslari boʻlib oʻtdi. Final uchrashuvi Altin Rraklli va Juban Danja boshchiligidagi Tirana AS jamoalari oʻrtasida boʻlib oʻtdi va Aurora Seranaj, Ana Baro va Brisida Zaimajning ikkita golidan soʻng Tirana ASning 4:0 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi. Tirana AS jamoasi Albaniyaning ilk chempioni deb tan olindi[3].

Joriy klublar (2021-2022-yilgi mavsum) tahrir

  • 2013 yil oxiriga kelib, Ada of Velipojë jamoasi qayta tashkil etildi, yaʼni Shkodër jamoasioʻyinchilar bilan birlashdi va oʻsha paytdan boshlab Vllaznia nomi ostida oʻynadi.
# Club Joylashgan shahar
1. Apolonia Fier
2. Atletik Club Shkodër
3. Kinostudio Tirana
4. Lushnja Lushnjë
5. Murlani Vau i Dejës
6. Partizani Tirana
7. Skënderbeu Korçë
8. Teuta Durrës
9. Tirana Tirana
10. Tirana AS Tirana
11. Vllaznia Shkodër

Chempion jamoalar roʻyxati tahrir

Mavsum Chempion Ikkinchi oʻrin
2009 Tirana AS Juban Danja
2010-2011 Ada -
2011-2012 Ada Tirana AS
2012-2013 Ada Juban Danja
2013-2014 Vllaznia * Kinostudio[4]
2014-2015[5] Vllaznia Kukësi
2015-2016[6] Vllaznia Tirana AS
2016-2017[7] Vllaznia Apolonia
2017-2018 Vllaznia Tirana AS
2018-2019 Vllaznia Tirana AS
2019-2020 Vllaznia Apolonia
2020-2021 Vllaznia Apolonia
2021-2022 Vllaznia Apolonia
Chempionlar reytingi
Jamoa Joylashgan shaar Chempionliklar soni
KF Vllaznia Shkodër 9
Ada Velipojë 3
Tirana AS Tirana 1

Yana qarang tahrir

Manbalar tahrir

  1. Albania 2007
  2. Hapa seriozë të futbollit të femrave Shqiptare
  3. Albania 2009
  4. „Vllaznia (new name for Ada) wins the 1st title“. sport ekspres.com. 2014-yil 30-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 30-mart.
  5. „VLLAZNIA PER FEMRA, SHPALLET KAMPIONE E VENDIT“ (sq). rozafa.tv (2015-yil 12-aprel). Qaraldi: 2015-yil 21-aprel.
  6. „Archived copy“. 2019-yil 24-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 8-may.
  7. „Vllaznia privatizon titullin për femra (Vllaznia wins title)“ (sq). supersport.al (2017-yil 22-aprel). 2017-yil 24-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 23-aprel.

Havolalar tahrir