Ayollar ta'limi - bu qizlar va ayollar ta'limi ( boshlang'ich ta'lim, o'rta ta'lim, oliy ta'lim va sog'liqni saqlash ta'limi ) bilan bog'liq murakkab masalalar va munozaralar to'plamining umumiy atamasi. Bu atama ba'zan qizlar ta'limi deb ham ataladi. U gender tengligi va ta'lim olish imkoniyatlarini o'z ichiga oladi. Ayollar va qizlarning ta'lim olishi qashshoqlikni bartaraf etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, bu mavzu bir jinsli ta'lim va ayollar uchun diniy ta'lim mavzulari bilan ham bog'liq, bunda ta'lim gender chiziqlariga bo'lingan (ayollar alohida ajratib olingan) holda o'qitiladi.

Gvineyadagi o'quvchi qizlar

Qizlar va ayollar uchun ta'limdagi adolatsizliklar, misol uchun, qizlar maktabga kirishidagi to'siqlar yoki ayollarga nisbatan zo'ravonlik kabi qiyin vaziyatlar ayollar ta'lim olishi uchun to'siq bo'ladi[1]. Ammo ba'zi G'arb mamlakatlarida ayollar ta'limi erkaklar ta'limidan yuqori darajaga chiqqan. Masalan, AQSHda 2005-2006-yillarda ayollar dotsentlarning 62%, bakalavriatning 58%, magistrlarning 60% va doktorlik darajasini olganlarning 50% ni tashkil etgan[2].

Qizlarning ta'lim darajasini oshirish ularning o'z salomatligi va iqtisodiy kelajagiga ijobiy ta'sir ko'rsatishi, bu esa o'z navbatida ular yashayotgan jamiyat istiqbollarini yaxshilashi isbotlangan[3]. Onalari boshlang'ich ma'lumotga ega bo'lgan chaqaloqlarning o'lim darajasi onalari savodsiz bo'lgan bolalar o'lim darajasining yarmini tashkil qiladi[4]. Dunyoning eng qashshoq mamlakatlarida qizlarning 50 foizi o'rta maktabga bormaydi. Shunga qaramay, tadqiqot shuni ko'rsatadiki, qizlarning qo'shimcha ta'limi ularning shaxsiy daromadini 15 foizga oshiradi. Ayollar ta'limini yaxshilash va shu bilan birga ayollarning daromad olish salohiyatini yaxshilash o'z farzandlarining turmush darajasini yaxshilaydi, chunki ayollar o'z daromadlarini erkaklarnikiga qaraganda ko'proq o'z oilalariga sarflaydilar[5].

Ta'lim ayolning o'z salomatligi, shuningdek, uning hamrohi va oilasining sog'lig'i haqida xabardorligini oshiradi. Bundan tashqari, erta turmush qurush, erta tug'ish yoki umuman turmush qurmaslik, farzand ko'rmaslik, rasmiy nikohga ega bo'lmaslik kabi holatlarni kamaytiradi, oilaviy munosabatlarni esa mustahkamlaydi.Shuningdek, ta'lim ayollarning hamkorlar va ish beruvchilar bilan muloqotini va fuqarolik ishtiroki darajasini yaxshilaydi[6][7].

Ayollar ta’limining jamiyatga ijobiy ta’siri tufayli ayollar ta’limidagi tengsizliklarni bartaraf etish Barqaror rivojlanishning 4-maqsadi “Hamma uchun sifatli ta’lim”da ta’kidlangan va Barqaror rivojlanishning 5-maqsadi “Gender tengligi” bilan chuqur bog‘langan. Rivojlanayotgan mamlakatlarda qizlarni o'qitish (va umuman ayollarning imkoniyatlarini kengaytirish) tezroq rivojlanishga va aholi o'sishining pasayishiga olib keladi, bu esa iqlim o'zgarishini yumshatish kabi ekologik muammolarni hal qilishda muhim rol o'ynaydi. Project Drawdown hisob-kitoblariga ko'ra, qizlarni o'qitish iqlim o'zgarishiga qarshi eng samarali oltinchi harakatdir (quyosh fermalari va atom energiyasidan oldin)[8].

Muammolar tahrir

Ayollarga nisbatan zo'ravonlik tahrir

Ayol o'qituvchilarga nisbatan zo'ravonlik Shvetsiyada 1900-yildan 1940-yilgacha bo'lgan davrda siyosiy muammoga aylangan. 1900-yilda, Shvetsiyadagi o'qituvchilarning 66 foizini ayollar tashkil etgan, ularning aksariyati erkaklar zo'ravonligi tahdididan xoli hududlarda yoki alohida qishloq joylarda ishlagan. Siyosatchilar ayol o'qituvchilarni qo'riqchi itlar, qurollar va telefonlar bilan ta'minlash kabi masalalar uchun bir qator yechimlarni muhokama qilishgan[9].

Ayollarning imkoniyatlarini kengaytirish tahrir

Ta'lim tizimi va maktab qizlarning turli fanlarga, jumladan, STEM (inglizcha, Fan, texnologiya, muhandislik va matematika-akademik fanlarni birlashtirish uchun ishlatiladigan keng atama) fanlariga qiziqishini aniqlashda muhim rol o'ynaydi, bu esa STEM bo'yicha sifatli ta'limdan foydalanish va undan foyda olish uchun keng imkoniyatlarni taqdim etish orqali ayollarning imkoniyatlarini kengaytirishga hissa qo'shishi mumkin[1].

Past va o'rta daromadli mamlakatlarda ayollar uchun kasbiy ta'lim va biznes ta'limi bo'yicha tahlil va tadqiqotning dalillarini jamladi va shunday xulosaga kelindi: ayollar ta'limi mamlakat ijtimoiy-iqtisodiyotiga sezilarli darajada ijobiy ta'sir ko'rsatadi[10].

Atrof-muhitga ta'siri tahrir

Rivojlanayotgan mamlakatlarda qizlarni o'qitish (va umuman ayollarning imkoniyatlarini kengaytirish) tezroq rivojlanishga va aholi o'sishining pasayishiga olib keladi. Bu bilan iqlim o'zgarishi kabi ekologik muammolarga ijobiy ta'sir o'tkazish mumkin. Drawdown tadqiqot tarmog'i hisob-kitoblariga ko'ra, qizlarni o'qitish iqlim o'zgarishiga qarshi eng samarali oltinchi choradir (quyosh fermalari, atom energetikasi, o'rmonzorlar va boshqa ko'plab harakatlardan oldin)[8].

Ta'limning o'ziga xos turlari tahrir

Texnologiya ta'limi tahrir

Ayollar va qizlarni raqamli texnikalar bilan ta'minlash ularni bilimdon erkaklar bilan tenglashtirishga yordam beradi va bir qator imkoniyatlar yaratadi. Masalan, salomatlik va qonuniy huquqlarga oid veb- saytlar va mobil ilovalar ayollarga o'zlari va oilalarini himoya qilish va ularga g'amxo'rlik qilish bo'yicha ongli qarorlar qabul qilishda yordam berishi mumkin, yana shuningdek, ijtimoiy tarmoqlar va raqamli aloqalar ayollarga o'zlarining yaqin hamjamiyatidan tashqarida ma'lumot tarqatish va bilim almashish imkonini ham beradi[11].

Mobil ta'lim imkoniyatlari, savodxonlik ilovalaridan tortib, astronomiya kabi turli fanlar bo'yicha ochiq onlayn kurslar ( MOOCs ) hatto, dementsiya (bosh miyaning organik kasalligi natijasida kelib chiqqan aqlning pasayishi kasalligi) bilan og'rigan keksa qarindoshlarga g'amxo'rlik qilish, ayniqsa maktabga bormagan qizlar va yoshi katta ayollar uchun yangi ta'lim yo'llarini ochishi mumkin. Ish qidirish mexanizmlari va professional tarmoq saytlari ayollarga mehnat bozorida raqobatlashish imkonini beradi, elektron tijorat platformalari va raqamli bank xizmatlari esa ularning daromadlari va mustaqilligini oshirishga yordam beradi[11].

Tarix tahrir

G'arbiy Afrika tahrir

 
Gvineya- Bisauning Hermangono shahridagi uch nafar o'rta maktab o'quvchisi. Mustamlakachilik urushi paytida, 1974-yil

Mustamlakachilikdan keyingi G'arbiy Afrikada g'arbiy ta'limning ko'plab ideallari: infratuzilma va moliyalashtirish saqlanib qoldi. Ayniqsa, Nigeriyada rasmiy ta'lim siyosatni ishlab chiqish vositasi sifatida ko'rilgan, chunki ayollarning rasmiy ta'limi aholi sonining o'sishi, sog'lig'i, ovqatlanishi, tug'ilishi, chaqaloqlar o'limi, ayollarning ishchanligi va daromadlaridagi o'zgarishlarga ta'sir ko'rsatishi bilan bog'liq bo'lgan. Bundan tashqari, rasmiy ta'lim muassasalari ayollarni maoshi yuqori bo'lgan ko'proq texnik ishlardan uzoqlashtirish bilan birga, ayollarni gumanitar fanlar kabi kam daromadli ish sohalariga qanday yo'naltirishini taklif qiladigan adabiyotlar soni ortib borishi bo'lgan.

Ilmiy yutuqlar haqida so'z borganda shuni aytish kerakki, FAWE konferentsiyasiga ko'ra, Sahroi Kabir mintaqasi atrofida ta'lim olgan qizlar matematika va ilmiy fanlari bo'yicha chuqur bilimga ega bo'lishmagan[12]. Maktabni tugatgandan so'ng qizlarni ruhoniylik lavozimlariga olish tendentsiyasi ham keng o'rganilgan. Shunga qaramay, rasmiy ta'lim xalqaro miqyosda tan olingan ko'plab imtiyozlarni beradi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ayollar bo'yicha to'rtinchi Butunjahon konferensiyasi Afrikada ayollarning ta'lim olishi butun jamiyat uchun foydali bo'lishini targ'ib qiluvchi qarorlarni qabul qildi. Bular oila salomatligini yaxshilash, ayollar uchun mavjud bo'lgan yuqori maoshli ish joylari tashkil etish, ona va bola rivojlanishini nazoratga olish kabi mazmundagi qarorlar edi.1950-1960-yillarda G'arbiy Afrikaning aksariyat mamlakatlarida ayollarning ta'limdagi ishtiroki kamayganiga qaramay, ayollarning ta'lim darajasi asta-sekinlik bilan oshib bormoqda. Biroq, YuNESKO statistik ma'lumotlariga ko'ra, ayollarning o'qishga kirishi va bitiruv ko'rsatkichlari bo'yicha statistik gender nomutanosibligi hali ham mavjud.

Afrika ta'limida gender tengligi tahrir

So'nggi bir necha o'n yilliklarda Afrika mamlakatlari rivojlanishi jarayonida ta'limning roliga katta ahamiyat berildi. Shu bois ta’lim siyosatning ustuvor yo‘nalishlari qatoriga kiritildi, ta’lim muassasalari sonining ortishi ayollarning ta’lim olish imkoniyatlarini sezilarli darajada oshirdi. Xususan, “Barcha uchun ta’lim” dasturi yuzasidan o'tkazilgan Butunjahon konferensiyasidan so‘ng Afrikada ayollar ta’limiga alohida e’tibor berildi va bu mamlakat rivojlanishiga o'z ta'sirini o'tkazdi[13].

Taraqqiyot tahrir

Ayollar ta'limining barcha darajalari kengayayotgan bir paytda tenglik indeksi ham yaxshilangan. Afrikaning Sahroi Kabirda 1980, 1990, 2000 va 2006-yillarda boshlang'ich maktabga qabul qilish bo'yicha gender tengligi indeksi mos ravishda 0,77, 0,81, 0,89 va 0,92 ni tashkil etgan. Ba'zi mamlakatlarda ayollarning yalpi ro'yxatga olish koeffitsienti hatto Gambiya, Gana, Malavi va Zambiya kabi erkaklarning yalpi ro'yxatga olish ko'rsatkichlaridan ham o'zib ketgan.

Qiyinchiliklar tahrir

So'nggi o'n yilliklarda Afrikada ayollarning ta'limi katta muvaffaqiyatga erishdi. Biroq ushbu mintaqada yashovchi ayollar ta'limining rivojlanish darajasi geografik joylashuvi, ijtimoiy tabaqasi, tili va etnik kelib chiqishidagi farqlar tufayli boshqa davlatlardan hali ham sezilarli darajada farq qiladi. Ya'ni, dunyoning boshqa mamlakatlari bilan solishtirganda, Afrika, ayniqsa Sahroi Kabirdagi Afrika, ayollar ta'limi sohasida hali ham orqada.

To'siqlar tahrir

Afrikada hali ham ta'lim sohasida gender farqlar mavjud va bu farqlarga olib keladigan omillar juda ko'p. Gender tengligini tarbiyalashga to'sqinlik qiluvchi omillarni taxminan iqtisodiy omillar, maktab bilan bog'liq omillar, ijtimoiy va madaniy omillarga bo'lish mumkin[14][15].

Osiyo tahrir

Xitoy tahrir

1949-yilgacha tahrir

19-asrning oxirigacha davom etgan xitoylik ayollarning oyoq bog'lash odati uning bilimsizligi haqida ma'lumot bergan[16]. 19-asrda Buyuk Britaniya va AQShdan Xitoyga koʻplab nasroniy missionerlar kelishi va ularning maktablar ochishga jalb etilishi bilan ayollar taʼlimiga alohida eʼtibor qaratila boshladi.

Erkaklar va ayollar bir-biriga yaqinlashmasliklari kerak bo'lgan ijtimoiy odat tufayli, Xitoy ayollari G'arb tibbiyotining erkak shifokorlari tomonidan davolanishni istamadi. Bu Xitoyda G'arb tibbiyotida ayollarga katta ehtiyoj tug'dirdi. Shu sabab, ayol tibbiy missioner, doktor Meri X. Fulton (1854-1927)[17], Presviterian cherkovining (AQSh) Xorijiy missiyalar kengashi tomonidan Xitoyda ayollar uchun birinchi tibbiy kollejni tashkil etish uchun yuborilgan. Ayollar uchun Hackett tibbiyot kolleji nomi bilan tanilgan[18][19] bu kollej Xitoyning Guanchjou shahrida joylashgan boʻlib, Edvard AK Xakett (1851–1916) tomonidan katta xayriya hisobiga ishga tushirilgan. Kollej 1902-yilda tashkil etilgan va to'rt yillik o'quv dasturini taklif qilgan. 1915-yilga kelib 60 dan ortiq talaba tahsil olgan.Ko'pchilik talabalar doktor Fultonning ta'siri tufayli xristian bo'lishgan. Shuningdek, kollej rasman tan olingan va uning diplomlari Guangdong provinsiyasi hukumatining rasmiy muhri bilan belgilangan. Kollej nasroniylik va zamonaviy tibbiyotni yoyish va xitoylik ayollarning ijtimoiy mavqeini oshirishga qaratilgan edi.

Xalq Respublikasi (1949-yildan hozirgi kungacha) tahrir

1931-1945 yillar oralig'ida o'qimagan ayollar 90% dan ortiqni tashkil etgan va ta'lim olgan ayollarning aksariyati faqat boshlang'ich bosqichnigina tugatgan edi[20]. 1950-yillarda, Xitoy Xalq Respublikasi tashkil etilgandan so'ng, hukumat sivilizatsiya loyihasini boshladi[21]. Bu ko'p sonli o'qimagan ayollarga asosiy yozish va hisoblashni o'rganishga imkon berdi. Ushbu loyiha o'qimishli ayollar qatorini kengaytirdi. Bu nafaqat shaharlarda, balki qishloqlarda ham targ'ib qilindi. Qishloqlarning o'z boshlang'ich maktablari bor edi. Uyda ayollar faqat bolalar va uy ishlari bilan shug'ullanish o'rniga, mahalliy maktablarda yozish va o'qishni o'rganish imkoniyatiga ega bo'ldilar.

1980-yillarda Xitoy markaziy hukumati yangi taʼlim toʻgʻrisidagi qonunni qabul qildi, unga koʻra mahalliy hukumatlar 9 yillik taʼlimni butun mamlakat boʻylab targʻib qilishni talab qildi[22]. Yangi taʼlim qonuni oʻrta maktabgacha taʼlim huquqlarini kafolatladi. 1960-yillarga qadar ayollarning boshlang'ich maktabga kirishi 20% edi. Ta'lim to'g'risidagi qonun e'lon qilinganidan 20 yil o'tib, 1995-yilda bu foiz 98,2% ga oshgan. 2003-yilga kelib, o'rta maktabni tashlab ketgan ayollar ulushi 2,49% gacha kamaygan[23][24].

Hindiston tahrir

 
Bengal Qizlar Maktabi, Kalkutta (LMS, 1869)[25]

Cherkov missionerlik jamiyati Janubiy Hindistonda katta muvaffaqiyatlarga erishdi. Qizlar uchun birinchi internat 1821-yilda Tirunelveli shahrida paydo bo'lgan. 1840-yilga kelib, Shotlandiya cherkov jamiyati 200 nafar hind qizlari o'rin olgan oltita maktab qurdi. Asr o'rtalarida ular soni 8000 tashkil etdi. Asta-sekin, ayollar ta'limi rivojlana boshlandi. Ayollar uchun umumiy savodxonlik darajasi 1882-yildagi 0,2 foizdan 1947-yilda 6 foizgacha oshgan[26].

 
Hindistonning Palakkad shahridagi qizlar kolleji

1947-yilda Hindiston mustaqillikka erishgach, ta'lim sifatini yaxshilash bo'yicha takliflar berish uchun universitet ta'lim komissiyasi tuzildi. Biroq, ularning hisobotida ayollar ta'limiga qarshi chiqilgan va "Ayollarning hozirgi ta'limi ular olib borishi kerak bo'lgan hayotga mutlaqo aloqasi yo'q. Bu nafaqat isrofgarchilik, balki aqlsizlikdir" deya baholangan[27]. Biroq, mustaqillikdan keyin ayollarning savodxonlik darajasi 8,9 foizni tashkil etganini ham e’tibordan chetda qoldirib bo‘lmaydi. Shunday qilib, 1958-yilda hukumat tomonidan ayollar ta'limi bo'yicha milliy qo'mita tayinlandi va uning bir qator tavsiyalari qabul qilindi. Uning asosiy maqsadi ayollar ta'limini o'g'il bolalar uchun taqdim etilgan ta'lim bilan bir xil asosda olib borish edi.

Islom mamlakatlari tahrir

 
Afg'onistonda qizlar ta'limi 2002-yil

Islom dinida ayollar ko'plab ta'lim muassasalarining tashkil etilishida muhim rol o'ynagan, masalan Fotima al-Fihriy Al Karauin masjidiga asos solgan. Keyingi asrlarda bu masjid ta'lim muassasiga aylantirilgan va qadimdan mavjud bo'lgan va doimiy faoliyat yuritadigan muassasa sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan[28][29].12-13-asrlarda Ayyubiylar sulolasi davridaDamashqda 160 ta masjid (ibodatxona) va madrasa (taʼlim maskanlari) tashkil etilgan boʻlib, ulardan 26 tasi vaqf (xayriya vasiylik yoki vasiylik qonuni) orqali ayollar tomonidan moliyalashtirilgan[30].

Ayollarning rasmiy sinflarda talaba sifatida qatnashishi noodatiy hol bo'lsa-da, ayollar masjid, madrasa va boshqa jamoat joylarida norasmiy ma'ruzalar va o'quv mashg'ulotlariga ishtirok etishi odatiy hol edi. Ayollarning ta'lim olishida qonuniy cheklovlar bo'lmasa-da, Muhammad ibn al-Haj (vafoti-1336) kabi ba'zi erkaklar bu amaliyotni ma'qullamagan va uning davrida ma'ruzalarni norasmiy ravishda tekshirilgan[31]. 12-asrgacha ayollar islom ulamolarining bir foizini tashkil etgan bo'lsa, undan keyin ayol olimlarning ko'payishi kuzatilgan. 15-asrda as-Saxaviy oʻzining 12 jildlik biografik lugʻati al-Ḍawʾ al-lāmiʻ butun bir jildini ayol olimlarga bagʻishlagan va ulardan 1075 tasi haqida maʼlumot bergan[32].

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 Cracking the code: girls' and women's education in science, technology, engineering and mathematics (STEM). Paris: UNESCO, 2017. ISBN 9789231002335. 
  2. „Historical summary of faculty, students, degrees, and finances in degree-granting institutions: Selected years, 1869-70 through 2005-06“. Nces.ed.gov. Qaraldi: 2014-yil 22-avgust.
  3. „CAMFED USA: What we do“. CAMFED. 2011-yil 9-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 11-oktyabr.
  4. „Girls Education:A lifeline to development“ (1995). 2021-yil 25-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-fevral.
  5. „Plan Overseas - Why Girls?“. Plan Canada. 2011-yil 13-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 29-oktyabr.
  6. Farzaneh Roudi-Fahimi. „Empowering Women, Developing Society: Female Education in the Middle East and North Africa“. Population Reference Bureau. 2011-yil 25-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 29-oktyabr.
  7. Population, Education and Development. United Nations, 2003. ISBN 978-92-1-151382-0. 2011-yil 29-oktyabrda qaraldi. 
  8. 8,0 8,1 „EDUCATING GIRLS“. Drawdown. 2019-yil 14-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 4-iyul.
  9. Backman Prytz, Sara; Westberg, Johannes (2022). ""Arm the Schoolmistress!" Loneliness, Male Violence, and the Work and Living Conditions of Early Twentieth-Century Teachers in Sweden". History of Education Quarterly 62 (1): 18-37. doi:10.1017/heq.2021.55. 
  10. Chinen, Marjorie; Hoop, Thomas; Alcázar, Lorena; Balarin, María; Sennett, Josh (January 2017). "Vocational and business training to improve women's labour market outcomes in low‐ and middle‐income countries: a systematic review". Campbell Systematic Reviews 13 (1): 1–195. doi:10.4073/csr.2017.16. 
  11. 11,0 11,1 UNESCO, EQUALS Skills Coalition. „I'd blush if I could: closing gender divides in digital skills through education“ (2019).
  12. Gachukia, Edduh. The Education of Girls and Women in Africa. Nairobi: Forum for African Women Educationalists, 1995. 
  13. Leslie, Limage. Women's literacy in worldwide perspective, 1994. 
  14. Leder, Gilah C. „Gender and Mathematics Education Revisited“,. The Proceedings of the 12th International Congress on Mathematical Education, 2015 — 145–170 bet. DOI:10.1007/978-3-319-12688-3_12. ISBN 978-3-319-10685-4. 
  15. Nkoyiai, Anastasia. Socio-Cultural and Economic Factors Affecting Primary Education of Maasai Girls in Loitokitok District, Kenya.. Western Journal of Black Studies, 2011. 
  16. Blake, C. Fred (April 1994). "Foot-Binding in Neo-Confucian China and the Appropriation of Female Labor". Signs: Journal of Women in Culture and Society 19 (3): 676–712. doi:10.1086/494917. 
  17. Mary H. Fulton. Inasmuch The United Study of Forring: . BiblioBazaar, 2010. ISBN 978-1140341796. 
  18. PANG Suk Man. „The Hackett Medical College for Women in China (1899-1936)“. Hong Kong Baptist University (1998-yil fevral). 2015-yil 16-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 10-oktyabr.
  19. „中国近代第一所女子医学院--夏葛医学院-【维普网】-仓储式在线作品出版平台-www.cqvip.com“. Cqvip.com. Qaraldi: 2013-yil 6-oktyabr.
  20. {{{title}}} (zh). Docin.com, 2011-10-04. 2015-yil 17-aprelda qaraldi. 
  21. „1950年:"扫盲"字眼消失 一个落后时代的远去_网易政务“. Gov.163.com (2014-yil 17-sentyabr). 2014-yil 11-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 17-aprel.
  22. „中华人民共和国义务教育法_教育部门户网站_MOE.GOV.CN“. Moe.edu.cn (2006-yil 30-iyun). 2016-yil 3-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 17-aprel.
  23. Hannum, Emily (May 1999). "Political Change and the Urban-Rural Gap in Basic Education in China, 1949-1990". Comparative Education Review 43 (2): 193–211. doi:10.1086/447554. https://archive.org/details/sim_comparative-education-review_1999-05_43_2/page/193. 
  24. Tatlow, Didi Kirsten. „Women in China Face Rising University Entry Barriers“. The New York Times (2012-yil 7-oktyabr).
  25. Fruits of Toil in the London Missionary Society London Missionary Society: . London: John Snow & Co., 1869 — 12 bet. 2016-yil 12-sentyabrda qaraldi. 
  26. „Educational Development of Girls and Women“. 2011-yil 22-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  27. S. P. Agrawal. Women's Education in India: 1986-1987. Concept Publishing Company, 1992 — 31 bet. ISBN 9788170223184. 
  28. Oldest University
  29. „Medina of Fez“. UNESCO World Heritage Centre. UNESCO. Qaraldi: 2016-yil 7-aprel.
  30. Lindsay, James E. (2005), Daily Life in the Medieval Islamic World, Greenwood Publishing Group, 197-bet, ISBN 978-0-313-32270-9
  31. Lindsay, James E. (2005), Daily Life in the Medieval Islamic World, Greenwood Publishing Group, 198-bet, ISBN 978-0-313-32270-9
  32. Guity Nashat, Lois Beck (2003), Women in Iran from the Rise of Islam to 1800, University of Illinois Press, 69-bet, ISBN 978-0-252-07121-8