Ayoz karvonsaroyiOʻzbekistonning Buxoro shahri tarixiy markazida joylashgan madaniy meros yodgorligi. Oʻzbekiston moddiy va madaniy merosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan — davlat muhofazasiga olingan[1]. Ayoz chinnifurush karvonsaroyi, Ahmad Ayozbiy karvonsaroyi nomlari bilan ham atalgan[2].

Ayoz karvonsaroyi
Umumiy maʼlumot
Maqomi Madaniy meros yodgorligi
Turi Karvonsaroy
Joylashuvi Buxoro viloyati
Manzili Haqiqat koʻchasi
Shahar Buxoro
Mamlakat Oʻzbekiston
Qurilishi boshlangan XIX asr yoki XVIII asrning 2-yarmi
Qurilishi tugagan XIX asr yoki XVIII asrning 2-yarmi
Map
Ayoz karvonsaroyining oʻrni xaritada

1920-yilgi Buxoro inqilobiga qadar unda idish-tovoq mahsulotlari ulgurji savdosi bilan shugʻullanilgan. Keyinchalik koʻp yillar yotoqxona vazifasini bajargan, bora-bora qurilish va xoʻjalik axlatiga toʻlib borgan. 2003-yildan buyon yarim buzilgan holatga kelib qolgan karvonsaroyni fransuz asotsiatsiyasi tomonidan qayta qurish ishlari olib borilmoqda[2].

Manbalar

tahrir