Ayribobo choʻqqisi
(Ayribobo cho‘qqisidan yoʻnaltirildi)
Ayribobo choʻqqisi – Oʻzbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyatidagi Koʻhitangtov tizmasining suvayirgʻich qismidagi choʻqqi. Oʻzbekiston bilan Turkmaniston chegarasida. Balandligi 3139 m. Ayribobo choʻqqisi Koʻhitangtovning eng baland joyi. Ayribobo choʻqqisining aksari qismini nurashga chidamli argillit va alevrolitlar hamda qumtoshlar tashkil etgan. Choʻqqi nayzasimon shaklda. Ayribobo choʻqqisi Koʻhitangtov-Surxon qoʻriqxonasi hududiga kiritilgan.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |