Koʻhitang tizmasi
Koʻhitang tizmasi - Pomir Olay togʻ sistemasining janubi-gʻarbidagi tizma. Oʻzbekiston va Turkmaniston xududida. Boysuntogʻning janubiy davomi. Amudaryo vodiysidan Sherobod daryosigacha qariyb 100 km ga choʻzilgan. Eng baland joyi 3139 m. Choʻkindi jinslardan, jumladan ohaktosh va gipsli jinslardan tarkib topgan, karst hodi-sasi rivojlangan. Togʻ etaqlarida efemer oʻsimlikli chala choʻl, yuqoriroqda togʻ subtropik dashtlari (kserofit butalar, pista) va siyrak archazorlar bor.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |