Sheroboddaryo
Sheroboddaryo — Amudaryoning oxirgi oʻng irmogʻi hisoblanib, Irgʻoyli va Qizilsoy daryolarining qoʻshilishi natijasida hosil boʻladi. Daryo Boysun togʻining dengiz sathidan 3922 metr balandlikdagi qismidan boshlanadi.
Sheroboddaryo | |
---|---|
Sheroboddaryo Sisanga qishlogʻi yaqinda, iyunda | |
Tavsif | |
Uzunligi | 177 |
Suv sarfi | 18,3 m³/s |
Davlat | Tojikiston va Oʻzbekiston |
Sherobod daryosida Sherobod GES barpo etilgan.
Nomlanishi
tahrirMazkur daryo Machay qishlogʻiga yetguniga qadar Machaydaryo, u yerdan Sherobod shahrigacha boʻlgan hududda Sheroboddaryo, Sherobod shahridan quyilish joyiga qadar esa Qorasuvdaryo (yoki Qorasuv) deb nomlanib kelinadi.
Machaydaryo koʻp manbalarda soy sifatida tilga olinadi. Uning uzunligi 1086 metrni tashkil etib, Sangchil va Sisanaga qishloqlari hududidan oqib oʻtadi[1].
Tarixi
tahrirSherobod daryosi boʻyida, Shimoliy Baqtriya hududida joylashgan hamda aholining janubi-gʻarbdan koʻchishi natijasida vujudga kelgan Boʻston va Jarqoʻtan qabristonlari, shuningdek Jarqoʻton aholi yashash punkti joy olgan. Bu manzilgoh Baqtriya-Margʻiyona arxeologik majmuasining Sopolli varianti (Sopolli madaniyati) bilan bogʻliqligi aniqlangan.
Joylashishi
tahrirSheroboddaryo Boysun togʻi hamda unga yondosh boʻlgan Koʻhitang togʻining sharqiy qismidan boshlanuvchi Irgʻoyli va Qizilsoy daryolarining qoʻshilishi natijasida paydo boʻladi[2].
Tuzilishi
tahrirDaryoning umumiy uzunligi 177 km ni tashkil etadi. Suv havzasining umumiy maydoni esa 2950 km² ga teng.
Suv sarfi
tahrirBu daryoda oʻrtacha suv sarfi may oyida 20,6 m³/sek. ni, iyul oyida 18,3 m³/sek. ni tashkil qiladi. Togʻlardan chiqish yeridagi oʻrtacha suv sarfi esa 7,5 m³/sek ga teng. Suv oqimi yil davomida notekis taqsimlangan. Sheroboddaryo asosan qor-yomgʻir suvlaridan toʻyinganligi uchun ham, odatda aprel-may oylarida toʻlib oqadi.
Yerosti tuzilmasi va suvlari
tahrirYerosti suvlari turli davrdagi yotqiziqlar orasidan chiqadi. Paleogen va neogen davri yotqiziqlaridan chuchuk suv odatda 140-150 metrgacha chuqurlikdan chiqishi kuzatilgan. Boʻr davriga aloqador yotqiziqlardan esa 1000-2000 metr chuqurlikdan mineral shifobaxsh chuchuk suv chiqadi. Bu suvning oʻrtacha harorati +60° dan +70° darajagacha yetishi mumkin.
Sheroboddaryo havzasidagi soyliklarning uvoq jinslari suvni yaxshi oʻtkazadi, yogʻinning koʻp qismi shu jinslar orasiga sizib, keyinchalik bir meʼyorda daryo oʻzaniga qaytib chiqa boshlaydi; shu tariqa oqim fasllar davomida bir tekis taqsimlanadi. Quyi oqimida daryo suvi kamayib ketadi. Bu daryo suvidan Sherobod shahri yaqinidagi Darband, Dara, Sisanga, Xoʻjaboʻlgan, Munchoq va Sherobod qishloqlari foydalanadi. Sherobod tumanida Sherobod GES barpo etilgan[3].
Quyilishi
tahrirQuyi oqimida daryo sayozlasha boradi, oʻzani meanderlarni hosil qiladi. Amudaryoga esa Shoʻrob qishlogʻidan taxminan 280 m uzoqlikda quyiladi[4].
Adabiyotlar
tahrir- „Sheroboddaryo“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi: 10-jild (Sharq — Qizilqum). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2005 — 656-bet.
Manbalar
tahrir- ↑ „Machaydaryo“. mapcarta.com. Qaraldi: 08-2023.
- ↑ „Surxondaryo tabiiy geografik okrugi“ (o'zbek). geografiya.uz (2020-yil 23-may). Qaraldi: 08-2023.
- ↑ „Sheroboddaryo“ OʻzME. Sh-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ Andoza:Карта