Aysuluu Tinibekova
Aysuluu Bolotovna Tinibekova (qirgʻizcha: Айсулуу Тыныбекова; tugʻ. 1993-yil 4-may, Moylisoy, Jalolobod viloyati, Qirgʻiziston Respublikasi) — qirgʻizistonlik erkin kurashchi, 58 kg gacha va 62 kg gacha vazn toifasida, Qirgʻiziston terma jamoasi aʼzosi. Toʻrt karra Osiyo chempioni, ikki karra Jahon chempioni, Jahon kubogi sovrindori, turli xalqaro musobaqalar sovrindori. 2020-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari kumush medali sovrindori.
Aysuluu Tinibekova | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Jinsi | ayol |
Tavallud paytidagi ismi | qirgʻizcha: Айсулуу Тыныбекова |
Fuqaroligi | Qirgʻiziston |
Tavallud sanasi |
4-may 1993-yil Moylisoy, Jalolobod viloyati, Qirgʻiziston Respublikasi |
Vazni |
58 kg gacha 62 kg gacha |
Sport | |
Qaysi sport | erkin kurash |
Faoliyati
tahrir1993-yilda Oysuluu Tinibekova Jalolobod viloyatining Moylisoy shahrida tugʻilgan.
2012-yilda Londonda (Birlashgan Qirollik) Yozgi Olimpiada oʻyinlarida ilk bor qatnashdi, biroq oʻz toifasida 13-oʻrinni egalladi.
2013-yilda Universiadaning u bronza medalini qoʻlga kiritdi. 2014-yilda Osiyo chempionatining kumush medali va Osiyo oʻyinlarining bronza medali sovrindori boʻldi. 2015-yilda esa Osiyo chempionatining kumush medalini qoʻlga kiritdi.
2016-yilda u Osiyo chempioni boʻldi, ammo Rio-de-Janeyrodagi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida u atigi 5-oʻrinni egalladi[1].
2017-yilda yana Osiyo chempioni boʻldi, Islom birdamlik oʻyinlarining oltin medali, yakkakurash va yopiq inshootlardagi musobaqalar boʻyicha Osiyo oʻyinlarining kumush medali, Jahon chempionatining bronza medali sohibi boʻldi. 2018-yilda u Osiyo oʻyinlari chempioni boʻldi. 2019-yilda Osiyo chempioni boʻldi. Oʻsha yili Nur-Sultonda (Qozogʻiston) boʻlib oʻtgan Olimpiya oʻyinlari oldidan Jahon chempionatida 62 kg gacha vazn toifasida Oysuluu Jahon chempioni boʻlib, oltin medalni qoʻlga kiritdi va milliy olimpiya qoʻmitasiga Olimpiya litsenziyasini oldi.
2020-yilda u Jahon chempionatining oltin medalini qoʻlga kiritdi. 2021-yilda Oslo shahrida (Norvegiya) boʻlib oʻtgan erkin kurash boʻyicha Jahon chempionatida Tinibekova oltin medalni qoʻlga kiritib, ikki karra Jahon chempioni boʻldi[2].
Davlat mukofotlari
tahrir- Sportdagi yutuqlari uchun „Dank“ ordeni bilan taqdirlangan (2017)[3]
- „Sportdagi eng yaxshi yutuq“ nominatsiyasi boʻyicha Aytmatov nomidagi Qirgʻiziston Respublikasi yoshlar davlat mukofoti laureati (2019)[4]
- Tokiodagi (2021) XXXII Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi muvaffaqiyati uchun II darajali „Manas“ ordeni bilan taqdirlangan[5]
Manbalar
tahrir- ↑ „Айсулу ТЫНЫБЕКОВА (KGZ) побеждает Джойс ДА СИЛВУ (BRA), 11:8“. Olympics.com. 2021-yil 25-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 25-noyabr.
- ↑ „Айсулуу Тыныбекова: Я написала для себя историю, став двукратной чемпионкой мира, а также историю нашей страны“ (ru). Радио Азаттык (Кыргызская служба Радио Свободная Европа/Радио Свобода). 2021-yil 25-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 25-noyabr.
- ↑ „Орден «Данк» - за спортивные заслуги“. 2019-yil 24-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 11-mart.
- ↑ „Кто получил новую молодежную премию Чингиза Айтматова и за что“. 2022-yil 11-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 11-mart.
- ↑ „Жапаров вручил Тыныбековой 10 млн сомов, автомашину и орден "Манас"“.