Ayuqa
Ayuqa (1647 – 1724) – Qalmiqlar xoni. Hokimiyat tepasiga 1672-yil kelib Volga boʻylaridagi barcha qalmiqlarni birlashtirgan va oʻz mulkini ancha kengaytirgan. Rossiya hukumati Ayuqani xon deb 1712-yil tan olgan. Ayuqa dam Jungʻariya, dam Rossiyaga yon bosib turgan, baʼzan esa rus yerlariga chopqunlar uyushtirgan. Chorizm Quyi Volga boʻyida oʻz mavqeini mustahkamlash maqsadida Ayuqani qoʻllab-quvvatlagan va uning harbiy kuchlaridan Ashtarxon qoʻzgʻoloni (1705 – 06) va Bulavin qoʻzgʻoloni (1707 – 08)ni bostirishda, shuningdek Shimoliy urush (1700 – 21)da foydalangan.
Ayuqa | |||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| |||||||||
Shaxsiy maʼlumotlari | |||||||||
Tavalludi | 1642 | ||||||||
Vafoti | 1724 | ||||||||
Bolalari | Xhakdor-Jab, Seren-Doʻndiq, Gunjap, Sanchjab, Gundelek va Galdan-Danjin | ||||||||
Otasi | Moʻnchak |
Adabiyotlar va manbalar roʻyxatiTahrirlash
1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
HavolalarTahrirlash
- Аюка-хан, современник Петра I Arxivlandi 2012-08-24 Wayback Machine saytida.
- Аюка, Аюкай
- Аюка-хан Arxivlandi 2013-06-17 Wayback Machine saytida.
- Аюка-хан: человек и политик
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |