Az-Zohir
Abu Nasr Muhammad ibn an-Nosir (arabcha: أبو نصر محمد بن الناصر) (1175 yil – 1226-yil 11-iyul), al-Zohir bi-amrulloh (arabcha: الظاهر بأمر الله; soʻzma-soʻz 'Xudoning amri bilan paydo boʻlgan') shoh nomi bilan mashhur. 1225–1226-yillarda Bagʻdodda hukmronlik qilgan Abbosiylar xalifasi. 1225-yilda otasi an-Nosirning oʻrniga Abbosiylarning 35-xalifasi etib tayinlangan.
Az-Zohir | |||||
---|---|---|---|---|---|
Xalifa Amir al-Moʻminin | |||||
Milodiy 1225—1226-yillarda Sindda Qarlugʻiylar hukmdori Sayfiddin al-Hasan (1239—1249) hukmronligi davrida Abbosiylar xalifasi az-Zohir nomi bilan zarb qilingan tangalar. | |||||
Abbosiylar xalifaligining 35-xalifa Bagʻdodda Abbosiylar xalifaligi | |||||
Saltanat | 1225-yil 5-oktyabr – 1226-yil 10-iyul | ||||
Oʻtmishdoshi | An-Nosir li-dinillah | ||||
Davomchisi | al-Mustansir I | ||||
Tugʻilishi |
1175-yil Bagʻdod, Iroq | ||||
Vafoti |
1226-yil 11-iyul (51 yoshda) Bagʻdod | ||||
Dafn etilgan joy |
Bagʻdod | ||||
Turmush oʻrtogʻi |
Bab Javhar Hayot xotun Zahro | ||||
Farzandlari | Al-Mustansir I | ||||
| |||||
Sulola | Abbosiylar sulolasi | ||||
Otasi | An-Nosir | ||||
Onasi | Asmo | ||||
Dini | Islom, sunniylik |
Hayoti
tahrirAz-Zohir bi-amrulloh xalifa an-Nosir va Asmo Ummu Muhammadning oʻgʻli boʻlgan. Toʻliq ismi Muhammad ibn Ahmad an-Nosir, kunyasi Abu Nasr. 1189-yilda an-Nosirning vorisi etib tayinlangan. Qisqa muddat davom etgan hukmronligi davrida soliqlarni kamaytirgan va bosqinlarga qarshi turish uchun kuchli qoʻshin tuzgan. Az-Zohir 1226-yil 10-iyulda, taxtga oʻtirganidan 9 oy oʻtib vafot etgan.
Oilasi
tahrirAz-Zohirning Hayot xotun ismli kanizagi boʻlib, asli turk millatiga mansub boʻlgan. Hayot xotun xalifaning sevimli va ishonchli kanizagi, shuningdek, uning oʻgʻillaridan birining onasi boʻlgan. Az-Zohirning oʻlimidan soʻng ozod qilib yuborilgan. Hayot xotun 1241-yil 16-avgustda vafot etgan va xalifa al-Mustadiy maqbarasiga dafn qilingan[1]. Xalifaning Bob Javhar ismli yana bir kanizagi bor edi. U ham turk boʻlib, az-Zohirning sevimlisi ayollaridan edi. Bob Javhar 1241-yil 1-avgustda vafot etgan va Rusofa qabristonidagi xalifa qabrlari yoniga dafn qilingan[1]. Az-Zohirning yana boshqa bir turk kanizagi boʻlib, u boʻlajak xalifa al-Mustansir I ning onasi edi[2][3].
Yana qarang
tahrir- As-Saray masjidi – az-Zohirning otasi an-Nosir tomonidan qurilgan.
- Zumurrud Xotun masjidi va maqbarasi – az-Zohirning buvisi tomonidan qurilgan.
- Umar Suhravardiy maqbarasi.
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 al-Sāʿī, Ibn. كتاب جهات الأئمة الخلفاء من الحرائر والإماء المسمى نساء الخلفاء: Women and the Court of Baghdad, Library of Arabic Literature. NYU Press, 2017 — 75–76-bet. ISBN 978-1-4798-6679-3.
- ↑ Rizvi, Sayyid Saeed Akhtar. Utumwa: Mtazamo wa Kiislamu na wa Nchi za Magharibi. Al-Itrah Foundation, 2005 — 64-bet. ISBN 978-9987-9022-4-8.
- ↑ Hasan, M.. History of Islam: Classical period, 571-1258 C.E, History of Islam. Islamic Publications, 1998 — 304-bet.
Az-Zohir Banu Hoshim Cadet branch Tavalludi: 1175 Vafoti: 1226-yil 11-iyul
| ||
Sunniylik unvonlari | ||
---|---|---|
Oldingisi | Islom xalifalari Abbosiy xalifalar 1225-yil 5-oktyabr – 1226-yil 11-iyul |
Keyingisi |