Azizon madrasasi
Azizon guzarida, 7 hujradan iborat masjid-madrasa bo‘lgan.
Azizon madrasasi | |
---|---|
Turi | madrasa |
Xarita |
Tarixi
tahrirQozikalonning oliy hukmdorga yozgan arznomasida Xiyobon madrasasining olti nafar mudarrisidan biri mulla Abduvahhob vafot etgani va uning o‘rniga Azizon guzari masjidi hujralari mudarrisi mulla Sayyid Kamol o‘tishdan umidvor bo‘layotgani to‘g‘risida so‘z boradi. Uning bo‘sh qolgan o‘rniga esa Afg‘on madrasasi mudarrisi va imomi mulla Ahmad kelgan. Unga 20 tilla maosh tayinlangan. Mulla Sayyid Kamol endi Jo‘ybor madrasasi mudarrisligiga o‘tib ketgan va Xiyobon madrasasidagi uning o‘rni bo‘sh qolgan. Mulla Ahmad yana uning izidan boradi: „Azizon guzari masjidi hujralari mudarrisi mulla Ahmad kambag‘alligi tufayli oliy marhamatingiz va mehribonligingizdan umidvor bo‘lib Xiyobon madrasasida dars o‘tuvchi mazkur mulla Sayyid Kamolning o‘rniga bir sahm mudarris bo‘lib o‘tishini xohlab janobi oliyni duo qilgan. Maoshi 30 tilla tanga. Hazrat Xoja Bulg‘or alayhi rahma guzaridagi hujralarda dars beruvchi mulla Omonulla ismli kambag‘al mudarris oliy marhamatingiz va mehribonligingizdan umidvor bo‘lib, Azizon guzari masjididagi mazkur mulla Ahmadning joyiga o‘tishni istab janobi oliyni sidqidildan va behad ixlos birla duo qilgan. Maoshi 25 tilla tanga“. Mazkur hujjatlardan Azizon madrasasi o‘qituvchisining maoshi oshgani maʼlum bo‘lmoqda. Bu holat, ehtimol, tabiat o‘zgarishining hosilga taʼsiri yo vaqf mulki miqdorining oshishi bilan bog‘liq bo‘lgandir.[1]
Manbalar
tahrir- ↑ Buxoro taʼlim tizimi tarixi. Abdusattor Jumanazar. Toshkent: Akademnashr, 2017. — B. 176.