Azor orollari (portugalcha Ilhas dos Acores – Qarchigʻaylar oroli) – At-lantika okeanining shimoliy qismidagi ar-xipelag. Pireneya yarim oroldan gʻarbda. Portu-galiya tarkibida. 9 ta yirik orol va kelib chiqishi vulkanik boʻlgan bir qancha riflardan iborat. Gʻarbdan sharqqa qariyb 600 km ga choʻzilgan. Maydoni 2,3 ming km². Relefi togʻli, balandligi 2351 m gacha (Piku o.dagi Piku togʻi). Tez-tez zilzila boʻlib turadi. Issik va qaynoq suvli hamda mineral buloq koʻp. Iqlimi subtropik, dengiz iqlimi; yanvarning oʻrtacha temperaturasi 14°, iyulning temperaturasi 22°; yillik oʻrtacha yogʻin 800 mm chamasida. togʻ yon bagʻirlari oʻrmonlar bilan qoplangan, makvis chakalak-zorlari bor. 1431–53 yillarda Azor orollari ga por-tugallar borib oʻrnashgan. Aholi sitrus oʻsimliklar oʻstirish, tokchilik, ananas, banan yetishtirish bilan shugʻullanadi. Azor orollari Trans-Atlantika havo va dengiz yoʻllari 223kesishgan joyda. Asosiy portlari: Pon-ta-Delgada, Orta.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil