Qirgʻiylar

(Qarchigʻaylardan yoʻnaltirildi)

Qirgʻiylarqarchigʻaysimonlar oilasiga mansub yirtqich qush. Yevropa, Osiyo, Shim. Amerikaning oʻrmon, Afrikaning shim.gʻarbiy qismidagi togʻ zonalarida tarqalgan. Tanasining uz. 52—70 sm, ogʻirligi 0,55—1,8 kg . Modasi naridan yirik. Qanoti qisqa va keng , dumi uzun. Usti koʻkimtir-kulrang , qorni koʻndalang yoʻlli oq yoki sargʻish. Uyasini daraxtlarga yasaydi. 3— 4 ta tuxum qoʻyib, 35 kuncha bosadi. qirgʻovul, kaklik, oʻrdak, qur, quyon, ol-maxon va boshqa bilan oziqlanadi. Ovchilik xoʻjaliklariga bir oz zarar yetkazadi.[1]

ManbalarTahrirlash

  1. "Qirgʻiylar" OʻzME. Q-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil