Berlin

Olmoniya poytaxti
(Bèrlîndan yoʻnaltirildi)

Berlin (nemischa talaffuzi: [bɛʁˈliːn])[3] Germaniya poytaxti va eng yirik shahridir.[4][5] Federal maʼmuriy birlik — Yerga tenglashtirilgan. Bu shahar Shpre daryosi Xafeldaryosiga quyiladigan yerda, Shimoliy va Boltiq dengizlariga chiqiladigan kanallar boʻyida joylashgan. Maydoni — 891.7 km2.[1] Shaharning gʻarbi va sharqida koʻl koʻp.

Berlin
Poytaxt shahar va munitsipalitet
{{{rasmiy_nomi}}}ning bayrogʻi
Bayroq
{{{rasmiy_nomi}}}ning rasmiy gerbi
Gerb
52°31′0″N 13°23′0″E / 52.51667°N 13.38333°E / 52.51667; 13.38333
Mamlakat Germaniya
Shtay Berlin
Hukumat
 • Mayor Kai Wegener (CDU)
Maydon 891.7[1] km2 (344.3 kv mi)
Markazi balandligi 34 m
Iqlim turi Moʻtadil va sernam
Aholisi
 (31-dekabr 2020-yil)[2]
3 664 088
Vaqt mintaqasi UTC+1
Berlin xaritada
Berlin
Berlin

Tarixi

tahrir

Berlin haqidagi dastlabki tarixiy maʼlumot 1244-yilga tegishli. U ikki aholi punktining birlashuvidan tashkil topgan. 1486-yildan Brandenburg gersogligi poytaxti bulgan. XVII asrda Fransiya va Bohemiyadan kelgan qrchoklar hisobiga uning aholisi tez oʻsdi. XIX asr esa Berlinning iqtisodiy rivojida muhim davr hisoblanadi. Ayni shu vaqtda (1871) u kayzer imperiyasining poytaxti va Yevropaning yirik markazlaridan biri sifatida shakllandi. Sanoat boʻyicha esa Yevropada unga teng shahar yoʻq edi. Shaharda bir qancha xalqaro kongress va konferensiyalar oʻtkazilgan. 1945-yilgacha Berlin Germaniyaning eng yirik fan, madaniyat va siyosiy markazi boʻlgan. 1933—1945-yillarda Berlin gitlerchilar „uchinchi reyxi“ning poytaxti. Berlin Ikkinchi jahon urushi yakunida sovet qoʻshinlari tomonidan oʻrab olinib, qattiq bombardimon qilindi va toʻplardan oʻqqa tutilgach. 1945-yil 2-mayda toʻliq egallandi. Urushdan keyin ittifoqchilar Berlinni 4 okkupatsiya sektoriga: Sovet Ittifoqi, AQSh, Angliya va Fransiya sektorlariga boʻlishdi. Keyinchalik ittifoqchilar oʻrtasidagi yuz bergan kelishmovchiliklar sababli Germaniya kabi Berlin ham 2 qismga — Sharqiy va Gʻarbiy Berlinga boʻlindi va Germaniya Demokratik Respublikasi aholisini ommaviy ravishda Gʻarbga oʻtishini toʻxtatish maqsadida 1961-yilda „Berlin devori“ (Sharqiy Germaniya va Gʻarbiy Berlin oʻrtasida umumiy uz. 162 km, jumladan shahar doirasida 45 km boʻlgan toʻsiq ikshootlar tizimi) qurildi. 70- yillar boshida vaziyat bir muncha yumshadi. 1989-yil 9-noyabrdagi siyosiy uzgarishlar tufayli Berlin devori olib tashlandi (qarang Berlin devorining suyaatilishi), soʻngra GFR (Gʻarbiy Germaniya) va GDR (Sharqiy Germaniya) qoʻshilishi haqida maxsus shartnoma imzolandi va u 1990-yil 3-oktabr dan kuchga kirdi va birlashgan Germaniyaning federal poytaxti statuyey Bonn shahridan Berlinga oʻtdi.

Geografiyasi

tahrir
 
Berlinning sunʼiy yoʻldosh orqali olingan surati.
 
Berlin cheti (tashqarisi) oʻrmonlar va koʻplab koʻllar bilan oʻralgan.

Iqlimi

tahrir

Iqlimi moʻtadil, sernam;[6] oʻrtacha yillik temperatura 8,4 °C, yanvarning oʻrtacha temperaturasi 0—0,6°C, iyulniki 18 °C. Bir yilda oʻrtacha 587 mm yogʻin yogʻadi.

Demografiyasi

tahrir
 
Berlin aholisi, 1880-2012

Berlin poytaxt boʻlgach, aholisining soni chetdan koʻchib kelganlar hisobiga tez oʻsdi, shahar chegarasi ham kengaydi. Berlin aholisi soni quyidagicha oʻzgarib bordi: 1939-yilda 4,3 million, 1945-yilda 2,8 million va 1995-yilda 3,4 million. Hozirga kelib, 2020-yilgi maʼlumotlarga koʻra, ushbu shahar aholisi 3 664 088 nafarni tashkil etadi.

Aholining oʻsishi
YilAholi±%
172165 300—    
1750113 289+73.5%
1800172 132+51.9%
1815197 717+14.9%
1825220 277+11.4%
1840330 230+49.9%
1852438 958+32.9%
1861547 571+24.7%
1871826 341+50.9%
18801 122 330+35.8%
18901 578 794+40.7%
19001 888 848+19.6%
19102 071 257+9.7%
19203 879 409+87.3%
19254 082 778+5.2%
19334 221 024+3.4%
19394 330 640+2.6%
19453 064 629−29.2%
19503 336 026+8.9%
19603 274 016−1.9%
19703 208 719−2.0%
19803 048 759−5.0%
19903 433 695+12.6%
20003 382 169−1.5%
20103 460 725+2.3%
20153 520 031+1.7%
20203 664 088+4.1%
20223 755 251+2.5%

Millatlar

tahrir
Fuqaroligiga koʻra istiqomat qiluvchilar (31-dekabr 2019-yil)[2]
Mamlakat Aholisi
Jami roʻyxatdan oʻtgan aholi 3,769,495
  Germaniya 2,992,150
  Turkiya 98,940
  Polsha 56,573
  Suriya 39,813
  Italiya 31,573
  Bolgariya 30,824
  Rossiya 26,640
  Ruminiya 24,264
  AQSh 22,694
  Vyetnam 20,572
  Fransiya 20,223
  Serbiya 20,109
  Birlashgan Qirollik 16,751
  Ispaniya 15,045
  Gretsiya 14,625
  Xorvatiya 14,430
  Hindiston 13,450
  Ukraina 13,410
  Afgʻoniston 13,301
  Xitoy 13,293
  Bosniya va Gersegovina 12,691
Boshqa Yaqin Sharq va Osiyo mamlakatlari 88,241
Boshqa Yevropa mamlakatlari 80,807
Afrika 36,414
Boshqa Amerika mamlakatlari 27,491
Okeaniya va Antarktika 5,651
Fuqaroligi yoʻq aniq emas 24,184

Iqtisodi

tahrir

Berlinning siyosiy mavqei oshishi bilan uning iqtisodi ham tez rivojlandi. Kimyo-farmatsevtika, poligrafiya, optika, toʻqimachilik, tikuvchilik, oziq-ovqat, qurilish materiallari, mashinasozlik (elektrotexnika, elektr priborlari ishlab chiqarish, umumiy va transport mashinasozligi) sanoati korxonalari mavjud.

Berlin faqat Germaniyaning iqtisodiy markazi boʻlibgina qolmay, balki Yevropaning yirik sanoat markazlaridan biridir. Berlinda yirik bank va kredit muassasalari joylashgan. Berlin mamlakatning eng yirik transport yoʻllari tuguii, bir necha vokzal va aeroportlar bor.

Madaniyati

tahrir

Berlin radial aylana reja asosida qurilgan va oʻz qiyofasini hozirgacha saqlagan. Shaharda oʻrta asr yodgorliklaridan gotika uslubiga xos Mariyenkirxe va Klosterkirxe cherkovlari (XIII-XIV asrlar), barokko uslubidagi Nemis tarixi muzeyi (1695—1706), Brandenburg darvozasi (1788—1791), klassitsizm uslubidagi opera teatri, drama teatri (1819—1821) va Berlin saqlanib qolgan. Shaharda koʻplab zamonaviy savdo-sotiq binolari, saroy, uy-joylar va Berlin binolar barpo etilgan. Metropoliten qurilgan. Fanlar akademiyasi, A. Gumboldt nomidagi universitet (1809) va maxsus oʻquv yurtlari mavjud. Madaniymaishiy muassasalar: teatrlar. muzeylar, (ularda badiiy osori atiqalartoʻplangan), kutubxonalar, milliy galereya kabi yirik binolar juda koʻp. Hayvonot bogʻlari bor. 11-Olimpiada oʻyinlari (1936) boʻlib oʻtgan.[7]

Galereya

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 „Amt für Statistik Berlin Brandenburg – Statistiken“ (de). Amt für Statistik Berlin-Brandenburg. 2021-yil 8-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 2-may.(Wayback Machine saytida 2021-03-08 sanasida arxivlangan)
  2. 2,0 2,1 „Statistischer Bericht: Einwohnerinnen und Einwohner im Land Berlin am 31. Dezember 2019“ [Statistik bayonot: Berlinda istiqomat qiluvchilar (31-dekabr 2019-yil] (olmoncha). Amt für Statistik Berlin-Brandenburg 4, 10, 13, 18–22. Qaraldi: 8-aprel 2020.
  3. Kleiner, Stefan; Knöbl, Ralf; Mangold, Max. Das Aussprachewörterbuch, 7th, Berlin: Duden, 2015 — 229-bet. ISBN 978-3-411-04067-4. 
  4. Milbradt, Friederike. „Deutschland: Die größten Städte“ (olmoncha). Die Zeit (Magazin) (6-fevral 2019). Qaraldi: 24-noyabr 2019-yil.
  5. „Leipzig überholt bei Einwohnerzahl Dortmund – jetzt Platz 8 in Deutschland“ (olmoncha). Leipziger Volkszeitung (1-avgust 2019). 13-noyabr 2019da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-noyabr 2019.
  6. „Berlin, Germany Köppen Climate Classification (Weatherbase)“. Weatherbase. Qaraldi: 30-yanvar 2019.
  7. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar

tahrir