Bük
Bük — Vengriyaning Vas okrugida joylashgan shaharcha, Avstriya davlati bilan chegaradosh. Hozirgi vaqtda u Vengriyadagi mashhur dam olish maskani va Markaziy Yevropadagi asosiy kurort va sog'lomlashtirish markazlaridan biri sifatida katta mavqiyga ega shaharcha.
Bük | |
---|---|
47°23′11″N 16°44′58″E / 47.38639°N 16.74944°E | |
Mamlakat | Vengriya |
[[Shahar]] | [[Vas]] |
Maydon | 20.88 km2 (8.06 kv mi) |
Aholisi (2015) |
3 544 |
Zichligi | auto kishi/km2 |
Vaqt mintaqasi | UTC+1, yozda UTC+2 |
Telefon kodi | 94 |
Pochta indeks(lar)i | 9737 |
|
Manzili
tahrirShaharcha Szombathelydan 27 km uzoqlikda, Repce daryosi tekisligida joylashgan.
Diqqatga sazovor joylarI
tahrirVannalari
tahrir1957-yil kuzida mintaqada neft borligini aniqlash uchun tekshiruv ishlari o'tkazildi, ammo issiq suv bulog'i topildi. Shaharda 1962-yilda hammom qurildi. Keyinchalik bu suv shifobaxsh suvga aylandi va 1972- yilda issiq suv hammomlari sifatida foydalanish uchun yangi vannalar qurildi. Hammom atrofida bir qancha lagerlar, mehmonxonalar, butiklar va restoranlar qurilgan va 1992-yilda "dam olish bog'i" ham ochildi. Bugungi kunda Bukdagi hammom Vengriyadagi ikkinchi yirik shifobaxsh vanna hisoblanadi. Bukdagi eng mashhur mehmonxonalardan biri 2007-yilda "Eng yaxshi Vengriya sog'lomlashtirish mehmonxonasi" nominatsiyasiga sazovor bo'lgan[1].
Árpád yoshidagi cherkovi
tahrirCherkov XII asrda qurilgan Sankt-Kaliman patritsiyiga atab qurilgan. Keyinchalik gotika uslubida qayta ta'mirlanadi, minora qismi 1658-yilda qayta quriladi. 1732 — 1757-yillarda butun cherkov binosi barokko uslubida yangilandi. Devor rasmlari shu davrga xos uslibda qurildi, Cherkovdagi Bokira Maryam ustuni XVIII asrga tegishli hisoblanadi
Felsőbuki oilasining eski saroyi
tahrirFelsőbüki oilasining eski saroyi taxminan 1790-yilda Pal Felsőbüki Nagi tomonidan qurilgan. Dastlab u kopt uslubi deb ataladigan shaklda qurilgan. Keyinchalik esa 1880-yilda u eklektik uslubda qayta ta'mirlanadi.
Qardosh shaharlar
tahrir- Illingen, Germaniya
- Törokbalint, Vengriya
Galereya
tahrirManbalar
tahrir- ↑ Gazetteer of Hungary, 1st January 2015. Hungarian Central Statistical Office.
- ↑ „Testvérvárosok“ (hu). buk.hu. Bük. Qaraldi: 2021-yil 6-aprel.