Badalbek ko‘hna madrasasini Abdullaxon timi yaqinida, 42 hujrasi bo‘lgan.

Badalbek ko‘hna madrasasi
Turi madrasa
Xarita

Tarixi tahrir

Yillik vaqf mablag‘i 25000 tangani tashkil etgan. Markaziy davlat asrovxonasida uning vaqf hujjati ro‘yxatda I-323, № 9 raqami bilan qayd etilgan. Ammo hozir uning o‘rni bo‘sh, “hujjat yo‘q” deb yozib qo‘yilgan. Ro‘yxatda ta'kidlanishicha, hijriy 1226-yili (1811) ushbu madrasa uchun 700 tanob sug‘oriladigan yer, 4 tegirmon, 30 ta savdo do‘koni va 1 moy juvoz vaqf qilingan. Hujjat asl nusxa bo‘lgan. Shunga qaramay, madrasa faoliyatiga doir rasmiy hujjatlar va birlamchi manbalar saqlanib qolgan. Quyida ulardan zarur bo‘laklarni tarjima qilingan. Qozikalon Mir Badriddin arizasidan: “Ko‘hna Badalbek madrasasi mudarrisi mulla Isa Pirmast tumaniga qozilik lavozimiga jo‘natilgan Domulla Sher madrasasi mudarrisi mulla Asliddinning bo‘sh qolgan o‘rniga o‘tish uchun oliy marhamatingizdan umdvor bo‘lib janobi oliyni duo qiladi. Maoshi 55 tilla. Jo‘ybori kalon madrasasining 13 nafar duogo‘y mudarrislaridan biri mulla Rahmatulloh Ko‘hna Badalbek madrasasi mudarrisi mulla Isaning bo‘sh qolgan o‘rniga o‘tish uchun oliy marhamatingiz va mehribonligingizdan umidvor bo‘lib janobi oliyni duo qiladi. Maoshi 40 tilla. Ko‘hna Badalbek madrasasi mavqei anchagina baland bo‘lgani mudarrislarning maoshidan ko‘rinib turibdi. Qozikalon Mir Badriddin tomonidan yozilgan hujjatlarning birida madrasa kutubxonasi va kutubxonachisi to‘g‘risida ma'lumot berilgan: “Usta Solih madrasasida bo‘sh qolgan dars o‘rniga Ko‘hna Badalbek madrasasi kutubxonachisi mulla Abdunabixoja o‘tish uchun oliy marhamatingizdan umidvor bo‘lib duo qiladi. Maoshi 4 tilla. Ushbu madrasada ham banoraspo‘sh domla dars o‘tgan. Madrasa sho‘rolar hukmronligining ilk davrlaridayoq buzib tashlangan.[1]

Manbalar tahrir

  1. Buxoro ta'lim tizimi tarixi. Abdusattor Jumanazar. Toshkent: Akademnashr, 2017. – B. 207.