Bahodur tudun
Bahodur tudun (tutun) – Choch hokimlaridan biri. 713-yil Choch viloyati hokimi, Xitoy yilnomalarida Moxedu tutun deb berilgan. Qutayba ibn Muslim rahbarligidagi arab fotixlarining Chochga 713-yilda qilgan dastlabki hujumini qaytarishga muvaffaq boʻlgan.
Sugʻd hujjatlaridan birida Panjikent hokimi Devashtichning elchisi Fatufarn 719 it. Chochda tudun va Choch hokimi bilan uchrashgani haqida ran boradi. Bunda tudun xoqonlik tayin etgan lavozim nomi xolos. Shunga koʻra, Moxedu tudunning Choch bilan bogʻlanishi bir ilmiy taxmin deb qaralishi mumkin.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |