Bahor (shoir)
Bahor (taxallusi; asl ismi Muhammad Taqi) (1884, Mashhad - 1951, Tehron) — eronlik shoir, jamoat arbobi. 1903 - yil "Malik ush-shuaro" (Shoirlar sultoni) nomini olgan. Tehron universiteti professor (1953). Eron milliy majlisiga bir necha bor vakil boʻlib saylangan. Boshlangʻich saboqni B. otasi Xuroson shoiri, malik ush-shuaro Muhammad Kozim Saburiydan olgan. B. "Eronga xudo yordir", "Ser Eduard Grenga maktub" (1909) asarlari bilan shuhrat qozonadi. U "Nai-bahor" gazetasini nashr etadi (1905 — 11). Shoir adabiy jamiyat tuzib, "Donishkada" ("Ilmxona") jurnalini ham chiqaradi (1918). B. she’rlari ichki va teskarichi guruhlarga, ba’zi mutaassiblarga qarshi qaratilgan. U monarxiyaga qarshi yozgan she’rlari uchun Isfahonga badarg'a qilinadi (1932). Xalqning demokratiya uchun kurashini quvvatlovchi "Jahannam", "Zindon kundaliklari", "Tong qushi" kabi asarlari shu yerda yozilgan. B. 3 jildli "Stilistika" (1958) ilmiy asarini yaratgan. B. qadimgi pahlaviy tilidan "Yodgore Zariron" ("Zarirlar yodgorligi") dostonini fors tiliga tarjima qilgan. Uning fors she’riyatiga bagʻishlangan asarlari sharqshunoslik sohasida hanuz oʻz qimmatini saqpab qolgan.
Malikushshuaro Bahor | |
---|---|
Tavalludi |
6-noyabr 1884-yil |
Vafoti |
22-aprel 1951-yil (66 yoshda) Tehron |
Kasbi | shoir, yozuvchi, faylasuf |
Ijod qilgan tillari | Fors tili |
Fuqaroligi | Eron |
Adabiyotlar
tahrir- Shomuhamedov Sh., Bahor, T., 1965.[1]
Manbalar
tahrir