Bahoriston tumani – Qashqadaryo viloyatidagi tuman. 1979-yil 10-aprelda tashkil etilgan. Viloyatning janubiy-gʻarbida joylashgan. Muborak, Kasbi, Usmon Yusupov tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 1,93 ming km². Aholisi 30 mingdan ortiq kishi (2000). Bahoriston tumanida 3 qishloq fuqarolari yigʻini (Pomuq, Chamanzor, Chandir) bor. Markazi – Pomuq qishlogʻi.

Bahoriston
Tuman (sobiq)
39°1′30″N 65°5′3″E / 39.02500°N 65.08417°E / 39.02500; 65.08417
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Qashqadaryo viloyati
Asos solingan 1979
Rasmiy til(lar)i Oʻzbek tili
Aholisi
 (2003)
13 000
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi 75
Pochta indeks(lar)i 191008
Avtomobil kodi 75
Bahoriston xaritada
Bahoriston
Bahoriston

Tabiati. Bahoriston tumani Qarshi choʻli zonasida joylashgan. Yer usti tekislik, qir va adirlardan iborat. Mutlaq balandligi 400 – 500 m. Yozi uzoq va issiq. Iyulning oʻrtacha temperaturasi 28 – 29,5°, yanvarniki tekisliklarda –0,2° dan 1,9° gacha. Yiliga 190 – 200 mm yogʻin tushadi.

Aholisi, asosan oʻzbeklar; rus, tatar, arman, gruzin, ukrain va boshqa ham yashaydi. 1 km- ga oʻrtacha 16 kishi toʻgʻri keladi.

Xoʻjaligi. Bahoriston tumanida 8 kichik korxona mahsulotlar tayyorlash, taʼmirlash, sav-do-sotiq va ishlab chiqarish bilan shugʻullanadi. Bahoriston tumanida sugʻoriladigan yerlar 26,1 ming ga, ekinzorlar 21,6 ming ga, shu jumladan 10,6 ming ga yerga paxta, 0,3 ming ga yerga sabzavot, 1,4 ming ga yerga beda, 0,2 ming ga yerga makkajoʻxori, 9,0 ming ga yerga gʻalla ekinlari ekiladi. Bahoriston tumanida 7 jamoa shirkat xoʻjaligi, 43 fermer xoʻjaligi bor. Shuningdek chorvachilik ham rivojlangan. "Oʻzbekiston" qorakoʻl-naslchilik xoʻjaligi (40 mingdan ortiq qoʻy-qoʻzi) mavjud. Tuman jamoa va shaxsiy xujaliklarida 13,9 ming qoramol, 129,5 ming qoʻy va echki, 16,5 ming parranda, 96 tuya bor (2000).

1999/2000 oʻquv yilida 14 umumiy taʼlim maktabi, 1 biznes maktabi, 1 sport maktabi va 1 akademik litseyda 8 mingga yaqin oʻquvchi taʼlim oldi. 31 omma-viy kutubxona, 4 klub, 4 kinoteatr bor; 2 kasalxona, 5 feldsher-akusherlik punkti, 3 konsultativ diagnostika ambulatoriyasida 40 vrach, 200 oʻrta maʼ-lumotli tibbiy xodim ishlaydi. Key-ingi yillarda 600 oʻrinli tennis korti binosi, 5000 oʻrinli stadion, nu-roniylar choyxonasi, "Supermarket" savdo doʻkoni, 422 oʻrinli maktab binosi, 150 oʻrinli dehqon bozori va boshqa qurildi. 1980-yildan "Bahoriston haqiqati" tuman gazetasi chiqa boshladi. 2003-yilga kelib Bahoriston tumani va Usmon Yusupov tumani birlashtirilib Mirishkor tumani tashkil etildi va Bahoriston tumani tugatildi. Xozirgi kunda (2016) ushbu hududda "Qishloqxo'jalikkimyo" AJ Pomuq filiali, Bahoriston ETK, tuman Shifoxonasi, Mini Agro-bank, Mini Xalq banki, Yong'in Xavfsizligi qismi, Obodonlashtirish bo'limi, 2 ta to'yxona, Pomuq shaxarchasi o'yingoxi va boshqalar bor.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil