Bahrom ibn Ardasher al-Majusiy
Bahrom ibn Ardasher al-Majusiy zardushtiy qabiladan chiqqan buvayhiylar zobiti boʻlib, dastlabki faoliyatida Buvayhiylar hukmdori Adud ud-Davlaga, keyinroq uning oʻgʻli Samsam ud-Davlaga xizmat qilgan.
Biografiyasi
tahrirBahrom Ardasher ismli shaxsning oʻgʻli va zardushtiy oilaga mansub[1]. Birinchi marta buvayhiylar hukmdori Adud ud-Davlaning kotiblari qatorida tilga olingan. 976/77-yillarda oilaviy mojaroda Adud ud-Davla muzokarachisi boʻlgan. Adud ad-Davla Ahvozda amakivachchasi Izz ud-Davlani magʻlub etgandan soʻng, Bahrom Izz ud-Davla bilan muzokaralar olib borish uchun yuborilib, Izz ud-Davlaga isteʼfoga chiqib, Suriyaga borib, Hamdoniylar nazorati ostida yashashga ruxsat bergan.
Suriyaga ketayotgan Izz ud-Davlani Mosulning hamdoniy hukmdori Abu Tagʻlib oʻz amakivachchasiga qarshi yana jang qilishga koʻndirgan. 978-yil 29-mayda Izz ud-Davla Abu Tag‘lib bilan birga Adud ud-Davla hududiga bostirib kirib, Samarra yaqinida unga qarshi jang qilgan. Bahrom ham bu jangda ishtirok etgan[1]. Izz ud-Davla yana bir bor magʻlub boʻlgach, Adud ud-Davlaning buyrugʻi bilan qoʻlga olinib, qatl etilgan[2][3].
Bahrom qolgan buvayhiy qoʻshini bilan Mosulga yoʻl olib, shaharni egallagan. Abu Tagʻlib esa Anzitenedagi Vizantiya hududiga qochib borib, yordam soʻragan[4]. Bu vaqtda buvayhiylar qoʻshini Diyor Bakr va Diyor Mudarni zabt etishni yakunlayotgan edi[5]. Hamdoniylarning muhim shahri Mayyafariqin qisqa vaqt ichida egallangach, Abu Tagʻlib Rahbaga qochishga majbur boʻlgan. U yerda Adud ud-Davla bilan tinchlik muzokaralari olib borishga harakat qilgan[6].
Xuddi shu davrda Bahrom boshqa buvayhiy zobitlari bilan Izz ud-Davlaning sobiq vaziri Ibn Boqiyyani hibsga olish uchun yuborilgan[1]. 983-yilda Bahrom kurd marvoniy hukmdori Abu Shuja Badga qarshi jang qilish uchun qoʻshin bilan yuborilgan, ammo magʻlubiyatga uchragan. Adud ud-Davlaning o‘g‘li Samsam ud-Davla davrida Bahrom hukmdor noibi bo‘lgan, ammo 986-yilda qatl etilgan[7].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 Kraemer 1992, s. 198.
- ↑ Kennedy 2004, s. 230.
- ↑ Turner 2006, s. 16.
- ↑ Kennedy 2004, ss. 272, 230.
- ↑ Donohue 2003, ss. 68–69.
- ↑ Kennedy 2004, s. 272.
- ↑ Kraemer 1992, s. 195.
Adabiyotlar
tahrir- Donohue, John J.. The Buwayhid Dynasty in Iraq 334 H./945 to 403 H./1012: Shaping Institutions for the Future. Leiden and Boston: Brill, 2003. ISBN 90-04-12860-3.
- Kennedy, Hugh. The Prophet and the Age of the Caliphates: The Islamic Near East from the 6th to the 11th Century, Second, Harlow: Longman, 2004. ISBN 978-0-582-40525-7.
- Kraemer, Joel L. (1992). "Humanism in the Renaissance of Islam: The Cultural Revival During the Buyid Age". BRILL. ISBN 9789004097360. https://books.google.com/books?id=RKU58ZcXAM8C&q=Ustadh-hurmuz.
- Turner, John P. (2006). "'Adud al-Dawla". Medieval Islamic Civilization: A-K, index. Taylor & Francis. p. 16. ISBN 9780415966917. https://books.google.com/books?id=MypbfKdMePIC.