Bakr ibn Muhammad ibn Hamadon ibn G‘olib ibn Toriq ibn Hilol as-Sayrafiy ad-Duxamsiniy (Abu Ahmad) (milodiy 959-yil, hijriy 348-yilda vafot etgan) - Marv ahlidan. Tajribali, nuroniy va fozil olim bo‘lgan. Fasohati va moziyni yaxshi bilishi tufayli u somoniy amirlar bilan muloqot qilishga ixtisoslashgan maxsus xodim bo‘lgan. Marv, Balx, Bag‘dod va Rayda hadis tinglagan. U ulamolardan, boshqalar esa undan hadis rivoyat qilganlar[1].

Bakr ibn Muhammad ibn Hamadon ibn G‘olib ibn Toriq ibn Hilol as-Sayrafiy ad-Duxamsiniy
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti milodiy 959-yil (hijriy 348-yil)
Dini Islom
Tanilgan sohasi olim

Manbalar

tahrir
  1. Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 72-bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.