Bakve
Bakve ― Liberiya janubi-sharqida hamda Kot-d’Ivuar janubi-gʻarbiy qismidagi Sasandra va Kavalli daryolari oraligʻida yashovchi Kru guruhi xalqlaridan biridir. 1992-yilga kelib, Liberiyada ularning soni 500 ming kishini, Kot-d’Ivuarda (qarindosh xalqlar Ubi, Abrinya, Gvane, Paya, Tevi, Plapi, Ba bilan birgalikda) 400 ming kishini tashkil etdi. Bakve shimol va sharqda qoʻshni boʻlgan Bete, Niabve, Gere, Godie bilan chambarchas bogʻliq (Armistead 1969:76). Aholi Guera janubida, Sasandra gʻarbida, Kavalla sharqida va Kru shimolida joylashgan (Holsoe 1976:144).
Madaniyati
tahrirSassandra daryosi vodiysidagi Bakve hududi bir vaqtlar tashqi dunyo bilan aloqada boʻlgan Baul xalqiga tegishli edi. XX-asrning ikkinchi yarmida Baul bu hududda demografik koʻpchilikni tashkil etdi va oʻz qabilasining eski muhojirlarining mehnatiga tayanib, ularni uy-joy hamda yer bilan taʼminlandi (Chappel 1989: 684).
Xalq anʼanaviy mahalliy eʼtiqodlarga eʼtiqod qiladi. Ular asosan tabiat kuchiga, ajdodlar kultlariga, jodugarlikka, sehrga, polidemonizmga va fetishizmga ishonadilar. Oz qismi Katoliklar va protestantlarning, shuningdek, xristian-afrika sektalari ham mavjud.
Ular Gwane Bodo, Omelokwe, Abri, Obva va mos ravishda bakve lahjalaridan tashkil topgan bakvo tilida (Bakue, Bakve) gapirishadi. Bakvodan tashqari, odamlar Neyo xalqi gapiradigan Nevole tili bilan chambarchas bogʻliq (Verner 1906 66). Folklorning barcha asosiy janrlari keng tarqalgan.
Anʼanalar
tahrirAholisi tropik dehqonchilik, terimchilik, baliqchilik va ovchilik bilan shugʻullanadi. Joʻxori, tariq, yams, manok, sholi, moy va hindiston yongʻogʻi palmalari yetishtiriladi. Yogʻli palma, geveya, sholi, shakarqamish plantatsiyalari keng tarqalgan. Kulolchilik, yogʻoch oʻymakorligi, toʻquvchilik ham xalq orasida keng tarqalgan.
Taomlari asosan sabzavot va baliqdan iborat. Shorva va boʻtqalar anʼanaviy ravishda issiq ziravorlar va palma yogʻi qoʻshilgan holda isteʼmol qilinadi.
Odamlarning anʼanaviy uy-joylari – konus shaklida qurilgan oʻt yoki somonli tom, dumaloq sopol kulbada juda ixcham joylashgan.
Ular yevropacha libosda kiyinadilar, lekin ilgari belbogʻ bogʻlash keng tarqalgan edi.
Bakve ijtimoiy institutlari: oqsoqollar boshchiligidagi qishloq jamoalari, qabila tashkiloti, anʼanaviy niqoblarda marosim raqslarini tashkil qiluvchi erkaklar uyushmalari. Nikoh bitimi virilokal, qarindoshlik hisobi patrilinealdir.
Adabiyotlar
tahrir- Andrianov B. V. Bakve // Народы и религии мира / Glav. red. V. A. Tishkov. M.: Bolshaya Rossiyskaya Ensiklopediya, 1998, s. 93.
- Armistead P. R. Bete Masked Dance: A View from within // African Arts, Vol. 2, No. 3 (Spring, 1969), pp. 36—43+76.
- Chappel D. A. The Nation as Frontier: Ethnicity and Clientelism in Ivorian History // The International Journal of African Historical Studies, Vol. 22, No. 4 (1989), pp. 671—696.
- Holsoe E. S. Who Are the Kran/Guere and Gio/Yacouba? Ethnic Identifications along the Liberia-Ivory Coast Border // African Studies Review, Vol. 19, No. 1 (Apr., 1976), pp. 139—149.
- Werner A. Language and Folklore in West Africa // Journal of the Royal African Society , Vol. 6, No. 21 (Oct., 1906), pp. 65—83.