Jabay Balimanov (1893, hozirgi Qozogʻiston Respublikasi Oqtoʻba (Aktyubinsk) viloyati Qoraqamish qishlogʻi — 1966.6.8) — mashhur chorvador, Oʻzbekiston qorakoʻlchiligi novatorlaridan biri. 1920-yildan Qoraqalpogʻistondagi Toʻrtkoʻl oʻrmon xoʻjaligida, 1928-yildan Tomdi oʻrmon xoʻjaligida ishchi. 1933-yildan to pensiyaga chiqishiga qadar (1963) hozirgi Navoiy viloyati Tomdi tumanidagi "Oqtov" (hozirgi Jabay Balimanov nomidagi xoʻjalik) jamoa xoʻjaligida bosh choʻpon. Koʻp yillar davomida qoʻzi yetishtirish va qorakoʻl teri topshirishda yuqori koʻrsatkichlarga erishgan (1963-yil har 100 bosh sovliqdan 170 qoʻzi olgan). Qorakoʻl qoʻylarni boqish, asrash va parvarish qilish texnologiyasini zootexnika ilmi yutuqlari va toʻplangan tajribalar asosida joriy etgan. Tomdi tumanidagi Oqtov posyolkasida byusti oʻrnatilgan.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar tahrir