Baltimor koʻprigidagi halokat
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Baltimor koʻprigidagi halokat 2024-yil 26-mart kuni soat 01:28 ShVM (05:28 UTC) da Singapur bayrogʻi ostidagi Dali konteyner tashuvchi kemasi Merilend shtatining Baltimor shahridagi Patapsko daryosi boʻylab oʻtgan Frensis Skott-Key (inglizcha: Francis Scott Key Bridge) koʻprigining asosiy ustunidan biriga kelib urilishi oqibatida sodir boʻlgan halokat. Fojia oqibatida koʻprik butunlay qulab tushgan[1]. Ikki kishi qutqarib olingan. Ulardan biri tan jarohati olmagan, ikkinchisi esa og'ir ahvolda kasalxonaga yotqizilgan. Yo'l qismidada ishlayotgan qurilish brigadasining olti a'zosi bedarak yo'qolgani haqida xabar berilgan. Ikki kishining jasadi topilgan, qolgan to'rt nafari esa o'lgan deb taxmin qilinmoqda.
Baltimor koʻprigidagi halokat | |
---|---|
inglizcha: Francis Scott Key Bridge collapse | |
Asosiy | |
Turi | Baxtsiz xodisa |
Sababi | Kema urilishi± |
Mamlakat | AQSh |
Joy | Baltimor |
Sana | 25-mart 2024-yil |
Vaqt | 01:28 |
Talofatlar | |
Halok boʻlganlar | 6 |
Jabrlanganlar | 1 |
Xarita | |
| |
Baltimor koʻprigidagi halokat |
Asosiy
tahrirFrensis Skott Key koʻprigi 1977-yilda ochilgan boʻlib, Baltimordagi Patapsko daryosi ustidan oʻtgan. Ushbu daryo Baltimor portidagi kema yuk tashuvlari uchun muhim yoʻnalish hisoblanadi[2][3].
Ushbu dengiz marshruti Qoʻshma Shtatlardagi eng gavjum yoʻnalishlardan biri hisoblanadi. 2023-yilda maskur yoʻnalish orqali 444 mingdan ortiq yoʻlovchi hamda 80 milliard dollar qiymatidagi 52,3 million tonna yuklar tashilgan.
Koʻprik uzunligi 26 kilometr (16 mi) boʻlgan koʻprik toʻrt qatorli avtomobil yoʻlagidan iborat boʻlgan. Ushbu koʻprik orqali 695-shtatlararo magistral yoʻli hamda Baltimor atrofidagi xalqa yoʻlini oʻzaro bogʻlagan. Koʻprikdan har kuni taxminan 34 000 ta avtomobil oʻtardi. 1980-yilda ham koʻprikka yuk kemasi kelib urilgan, lekin toʻqnashuv oqibatlari unchalik kuchli boʻlmagan va koʻprik shikastlanmagan edi[4].
Dali
tahrirMV Dali 2015-yilda qurilgan konteyner yuklari tashuvchi kemasi boʻlib[5], Singapur bayrogʻi ostidagi harakatlangan[6]. kemaning uzunligi 300 metr (980 ft), kengligi 48 metr (157 ft) va suvga botish qismi 122 metr (400 ft)ni tashkil qiladi.
Dali avval Panamadan AQShga tomon harakatlanadi. 2024-yil 19-martda Nyu-Yorkka keladi[7].
Fojia
tahrirDali yuk tashuvchi kemasi 2024-yil 26-mart kuni soat mahalliy vaqt bilan soat 12:44 (04:44 UTC) da Baltimor portidan 3000 ta konteyner yuklangan holda[8], Shri-Lankaning Kolombo shahriga[9] tomon yoʻl oladi. Soat 1:26 da kemaning boshqaruv tizimi toʻliq oʻchib qoladi va kema yuk tashish kanali yoʻnalishidan chiqib keta boshlaydi (zaxira generatori dvigatelni quvvat bilan taʼminlamaydi)[10].
Kema favqulodda vaziyatlardagi bajariladigan tartib-qoidalarning bir qismi sifatida dengizga langarlarini tashlaydi[11]. Taxminan soat 1:26 da kema boshqaruvi yoʻqolganligi va dvigatelning oʻchib qolganligini bahona qilib, koʻprik bilan toʻqnashishi mumkinligi haqida Merilend transport departamentiga xabar berildi hamda halokat signali yoqiladi.
Kema boshqaruvchilardan birining talabiga koʻra, koʻprik bilan toʻqnashmaslik uchun kema harakati darhol toʻxtatildi[12][13]. Kema chiroqlari oʻchadi va bir necha daqiqadan soʻng yana yondi. Shundan soʻng chiroqlar yana oʻchadi va toʻqnashuvdan oldin qayta yoqildi.
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ Johnston, Holly „Baltimore bridge collapses after ship collision“ (2024-yil 26-mart). Qaraldi: 2024-yil 26-mart.
- ↑ „Major US bridge collapses as cargo ship plows into pylon“. France 24 (2024-yil 26-mart). Qaraldi: 2024-yil 26-mart.
- ↑ Skene, Lea. „Francis Scott Key Bridge in Baltimore collapses after ship struck it, sending vehicles into water“. Associated Press (2024-yil 26-mart). 2024-yil 26-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 26-mart.
- ↑ Rose, Joel; Greenfieldboyce, Nell. „Questions arise amid the collapse of the Key bridge in Baltimore“. NPR (2024-yil 26-mart). 2024-yil 27-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 27-mart.
- ↑ „DALI, Container Ship – Details and current position – IMO 9697428 – VesselFinder“. vesselfinder.com. 2024-yil 26-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 26-mart.
- ↑ „DALI, Container ship, IMO 9697428“. 2024-yil 26-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 26-mart.
- ↑ Moses, Claire; Gross, Jenny. „The Dali was just starting a 27-day voyage.“. The New York Times (2024-yil 26-mart). 2024-yil 26-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 26-mart.
- ↑ „Baltimore Key Bridge: Rescuers searching river after Baltimore bridge collapse“. BBC News (2024-yil 28-mart). 2024-yil 26-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 26-mart.
- ↑ Kassam, Ashifa. „Baltimore Key Bridge collapse: vehicles fall into water after being hit by ship“. The Guardian (2024-yil 26-mart). 2024-yil 28-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 26-mart.
- ↑ „Baltimore Key Bridge collapse: All we know about the ship crash and victims“. Al Jazeera (2024-yil 26-mart). 2024-yil 26-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 26-mart.
- ↑ Debusmann Jr, Bernd; Bateman, Tom. „Lost power, a mayday call and the crash that brought down a Baltimore bridge“. BBC News (2024-yil 26-mart). 2024-yil 26-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 26-mart.
- ↑ Jouvenal, Justin; Hermann, Peter; Craig, Tim; Francis, Ellen; Nguyen, Danny. „'Mayday' call from ship stopped Baltimore bridge traffic, saved lives“ (2024-yil 26-mart). 2024-yil 27-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 27-mart.
- ↑ „Baltimore bridge collapses after powerless cargo ship rams into support column; 6 people are missing“. Boston Herald. Associated Press (2024-yil 26-mart). Qaraldi: 2024-yil 26-mart.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |