Merilend — AQShning Atlantika okeani sohilidagi shtat. Maydoni 27,1 ming km². Aholisi 6,2 mln. kishi (2020), shundan shahar aholisi 81%. Maʼmuriy markazi — Annapolis shahri, eng yirik shahri va porti — M. Chesapik qoʻltigʻining har ikki so-hilida. Sharqiy qismida sohilboʻyi pasttekisligi, markazida Pidmont platosi (eng baland joyi 400 m), gʻarbiy qismida Appalachi togʻlari (eng baland joyi 1024 m) bor. Iklimi moʻʼtadil yumshoq, sernam iqlim. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi 2—3°, iyulniki 25— 27°. Yillik yogʻin 1000 mm. Togʻ yon bagʻirlari oʻrmonlar bilan qoplangan. Xoʻjaligining yetakchi tarmogʻi — sanoat. Xom ashyoning aksari qismi chetdan keltiriladi. K°Ra metallurgiya sanoati rivojlangan. Mashinasozlik (jumladan, kemasozlik), radioelektronika, aviaraketa, kimyo, neftni qayta ishlash, oziq-ovqat, tikuvchilik sanoati korxonalari bor. Yirik metall konstruksi-yalar ishlab chiqariladi. Qishloq xoʻjaligi tovar mahsulotining yarmidan ortigʻini chorvachilik beradi. Qoramol, choʻchqa, parranda boqiladi. Shtatning gʻarbiy qismida tamaki yetishtiriladi. Dengizdan baliq ovlanadi. M. orqali Atlantika okeani sohilini Vashington shahri bilan boglovchi muhim yoʻllar oʻtgan.[1]

Merilend
Marilend
Shtat
Marilend bayrog'i Marilend tamg`asi
Marilend bayrog'i Marilend tamg`asi

Shtat laqabi: Eski Chegara Shtati; Ozod Shtat
(Old Line State; Free State)

Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Poytaxt Annapolis
Eng yirik shaharlar Baltimor
Geyzersburg
Rokvill
Maydon

   • Butun
   • % suv

AQSh: 42-oʻrinda

32,131 km²
21.22 %

Aholi

   • Butun (2021)
   • Zichlik
   • Senat oʻrinlari
   • Elektoral ovozlari

AQSh: 19-oʻrinda

6,177,224
209.23 kishi/km²
8
10

YIM

   • YIM
   • YIM/kishi

AQSh: 15-oʻrinda

$227,991 million
$40,996

Ittifoqqa kirish

   • Sana

7-boʻlib

28-aprel 1788

Vaqt UTC-5 (EST)
Qisqartma MD [24]
Shtat guli Black-eyed susan

(Rudbeckia hirta)

Shtat daraxti White oak (see also: Wye Oak)

(Quercus alba)

Maryland (talaffuzi: Merilend) - Amerika Qoʼshma Shtatlardan biri boʻlib, AQShning Oʻrta-Atlantika hududida joylashgan. Hududining kattaligiga koʻra, shtat Yevropadagi Belgiya davlatiga qiyoslansa boʻladi. Poytaxti - Annapolis shahri. AQSh ittifoqqiga 28-aprel 1788 yilda 7-shtat boʼlib kirgan.
AQSh Soʻrovlar Byurosi 2007-yil avgustda taqdim etgan maʼlumotga koʻra, Maryland hozir AQShning eng boy shtati hisoblanadi(undan avval New Jersey shtati edi). Shtatdagi bir xoʻjalikning oʻrtacha yillik daromadi 65 ming 144 AQSh dollarini tashkil qiladi.[2]

Geografiyasi tahrir

Tabiiy geografiyasi tahrir

Aholi geografiyasi tahrir

Iqlimi tahrir

Oʻsimlik va hayvonot dunyosi tahrir

Tarixi tahrir

Demografiyasi tahrir

Irqchilik tahrir

Din tahrir

Iqtisodiyoti tahrir

Transporti tahrir

Avtomobil yoʻllari tahrir

Havo yoʻllari tahrir

Temir yoʻllari tahrir

Qonun va hukumat tahrir

Siyosat tahrir

Taʼlim tahrir

Boshlangʻich va oʻrta taʼlim tahrir

Oliy taʼlim tahrir

Sport tahrir

Izohlar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. Christie, Les. „The richest (and poorest) places in the U.S.“. CNN Money.com (2007-08-31). Qaraldi: 2007-yil 15-oktyabr.

Havolalar tahrir

Manbalar tahrir