Baluj tiliBaluj (balach, baluch) xalqi tili. 5,7 mln.ga yaqin kishi soʻzlashadi. Ular Pokiston (2 mln.ga yaqin), Eron, Afgʻoniston, Hindiston, Oʻrta Osiyoda - Mari (Turkmanistan), Koʻlob (Tojikiston)da yashaydi. Baluj tili Eron tillari shim.-gʻarbiy turkumiga mansub. Tarkibida 5 ta (gʻarbiy, sharqiy) shevalar guruhi bor. Baluj tili da sirgʻaluvchi, qoʻshaloq, serebral unli tovushlar mavjud. Hozirgi fleksiyaning buzilishi va analitik qurilish yuz bermoqda. Baluj tili da 4 kelishik, 2 nisbat, 4-mayl, 10 ga yaqin zamon boʻlib, baʼzi shevalarida ergativ tuzilish bor. Jins kategoriyasi yoʻq. Lugʻat tarkibida Forscha, Urdu, Arabcha, Turkcha soʻzlar mavjud.[1]

Baluj tili
Milliy nomi بلؤچی
Mamlakatlar Pokiston
Eron
Afgʻoniston
Rasmiylik holati Balujiston (Pokiston)
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 7 600 000
Turkumlanishi
Turkum Hind-Yevropa tillari
Alifbosi Arab alifbosi
Til kodlari
ISO 639-2 bal
ISO 639-3 bal

Manbalar

tahrir
  1. "Baluj tili" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil