Banan urushlari (Banana Wars) — 18981934-yillar oraligʻida Qoʻshma Shtatlarning Markaziy Amerika va Karib havzasidagi harbiy intervensiyalari nazarda tutiladi. Intervensiyalar asosan dengiz piyoda askarlari tomonidan 1898-yilgi Ispaniya-Amerika urushidan keyin amalga oshiriladi va 1934-yilda Prezident Ruzveltning yaxshi qoʻshnichilik siyosatini amalga oshirish bilan yakunlanadi[1].

Amerika dengiz piyodalari Gaitini kezib yurishibdi.

Ishgʻollar

tahrir
  • Panama: AQSh aralashuvi 1846-yilgi „Mallarino-Bidlack“ shartnomasidan keyin munosabatlar tubdan oʻzgarib ketadi va 1856-yilgi „tarvuz urushi“dan keyin bosim yanada kuchayadi. 1903-yilda Panama „Ming kunlik urush“ paytida AQSh hukumati koʻmagi bilan Kolumbiyadan ajralib chiqadi. Oʻsha paytda Panama kanali qurilayotgan edi va AQSh hukmronligi ostidagi Panama kanali zonasi yaratiladi.
  • Ispaniya-Amerika urushi: AQSh kuchlari 1898 yilda Ispaniyadan Kuba va Puerto-Rikoni tortib oladi.
  • Kuba: Qoʻshma Shtatlar harbiy gubernator Leonard Vud boshchiligida 1898-1902-yillarda, 1906-1909, 1912 va 1917-1922 yillarda bosib olingan va 1934-yilgacha Kuba-Amerika munosabatlari shartnomasi (1903) shartlariga amal qilib kelingan edi. 1903-yilda Guantanamo harbiy-dengiz bazasi toʻgʻrisidagi doimiy ijara haqidagi shartnoma imzolanadi.
  • Dominikan Respublikasi: Qoʻshma Shtatlar 1903, 1904 va 1914-yillarda ichki ishlariga aralashib, uni 1916-yildan 1924-yilgacha bosib olgan edi.
  • Nikaragua: 1912-yildan 1933-yilgacha Amerika Qoʻshma Shtatlari tomonidan oʻtgan oʻn yilliklarda vaqti-vaqti bilan dengiz bombardimonlaridan soʻng deyarli bosib olingan edi.
  • Meksika: AQShning bu davrdagi harbiy siyosati yana umumiy tijorat va siyosiy sabablarga koʻra taʼsiriga tushib qolgan edi.
  • Gaiti: 1915-yildan 1934-yilgacha Qoʻshma Shtatlar tomonidan bosib olingan va 1917-yilda konstitutsiyasi yaratilgan boʻlib, Gaiti fuqorolaridan boshqa chet el fuqarolarining yerga egalik qilish taqiqini bekor qilgan edi.
  • Gonduras: Amerika qoʻshinlari 1903, 1907, 1911, 1912, 1919, 1924 va 1925 yillarda ishgʻol qilib, u yerda United Fruit Company va Standard Fruit Company mamlakatning banan eksporti sanoati, yer egalari va temir yoʻllarda ustunlik qilgan edi. Muallif O. Genri 1904-yilda Gondurasni tasvirlash uchun banan respublikasi taʼrifidan foydalanib kelingan edi.[2]

Manbalar

tahrir
  1. The Second Century: U.S.--Latin American Relations Since 1889. Rowman & Littlefield, 2000 — 49-bet. 
  2. „Where did banana republics get their name?“. economist.com (21 kasım 2013). 17 ağustos 2017da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28 eylül 2017.