Band (yunoncha, strophe — aynan-burilish)— 1) sheʼriy misralar turkumi. Sharq mumtoz sheʼriyatida qofiyalanish tartibiga koʻra ikki misradan oʻn misragacha boʻlgan bandlar mavjud. Oʻzbek xalq qoʻshiqlarining aksariyati murabbaʼ shaklidagi B.lardan tuzilgan, namunasi Mahmud Qoshgʻariyning „Devonu lugʻotit turk“ asarida uchraydi. Hozirgi oʻzbek sheʼriyatida uchlik, yettilik, toʻqqizlik, oʻnlik, oʻn beshlik va oʻn oltilik kabi oʻnga yaqin B. turlari mavjud; 2) oʻsimliksimon naqshlarda oʻsimlik tanasini ifodalovchi yoʻl, islimiy naqshlar tarkibiy qismi, tanobga nisbatan ikkilamchi. Barg , gul, kurtak, margʻula, jingala kabi unsurlarga ega.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil