Baptiste Santamaria (1995-yil 9-martda San-Dulshar shahrida tugʻilgan) — fransuz futbolchisi, „Rennes“ futbol klubi yarim himoyachisi.

Baptiste Santamaria
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Baptiste Santamaria
Tavallud sanasi 9-mart 1995-yil (1995-03-09) (29 yosh)
Tavallud joyi Saint-Doulchard, Fransiya
Boʻyi 1.83 m[1]
Ampluasi yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Rennes
Raqami 8
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2001—2007 Ent. S. Justices Bourges
2007—2008 Bourges Foot
2008—2011 Bourges 18
2011—2013 Tours
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2013—2015 Tours B 17 (3)
2013—2016 Tours 90 (14)
2016—2020 Angers 137 (2)
2020—2021 SC Freiburg 31 (1)
2021— Rennes 41 (3)
Milliy terma jamoa
2015 Fransiya U20 3 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 11-sentyabr uchun)

Klublardagi faoliyati tahrir

Santamaria „Tours“ futbol klubining bitiruvchisi. 2013-yil 18-oktyabrda u Liga 2dagi debyutini „Sercle Athletic“ futbol klubiga qarshi o‘tkazgan[2]. Shuningdek, 22-noyabr kuni „Le Havre“ futbol klubiga qarshi bahsda Baptiste oʻzining „Tours“ futbol klubidagi birinchi golini urgan[3]. 2016-yilning yozida Santamaria „Angers“ futbol klubiga koʻchib oʻtgan. Hamda, 29-oktyabr kuni „En Avant Guingamp“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u Liga 1da debyut qilgan[4]. 2017-yilda Santamaria klubning Fransiya kubogi finaliga chiqishiga yordam bergan. Shu bilan bir qatorda, 2018-yil 15-sentyabrda „Dijon“ futbol klubiga qarshi bahsda Baptiste „Angers“ futbol klubi safida ilk golini urgan[5].

2020-yilning yozida Santamaria Germaniyaning „Freiburg im Breisgau“ futbol klubiga koʻchib oʻtgan. Transfer 10 million yevroni tashkil etgan va bu klub tarixidagi eng qimmat transfer bo‘lgan. 27-sentyabr kuni „Wolfsburg“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u Germaniya Bundesligasida debyut qilgan[6]. Shuningdek, 2021-yilning 2-yanvarida „Hoffenheim“ futbol klubiga qarshi kechgan bahsda Baptiste „Freiburg im Breisgau“ futbol klubi safida ilk golini urgan[7].

2021-yilning yozida Santamaria „Rennes“ klubi bilan shartnoma imzolab, vataniga qaytgan. Transfer summasi 14 million yevroni tashkil qilgan[8]. 22-avgust kuni „Nant“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u yangi jamoada debyut qilgan[9]. 2022-yil 23-yanvarda „Clermont Foot“ futbol klubiga qarshi kechgan bahsda Baptiste „Rennes“ futbol klubi safidagi ilk golini urgan[10].

Statistika tahrir

Jamoa Mavsum Liga Milliy kubok Liga kubogi Xalqaro turnir Jami
Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Tours 2013—2014 23 4 0 0 1 0 24 4
2014—2015 35 4 2 0 1 0 38 4
2015—2016 32 6 2 0 2 0 36 6
Jami 90 14 4 0 4 0 0 0 98 14
Angers 2016—2017 37 0 6 0 0 0 43 0
2017—2018 31 0 1 0 1 0 33 0
2018—2019 38 1 1 0 1 0 40 1
2019—2020 28 1 2 0 0 0 30 1
2020—2021 3 0 0 0 0 0 3 0
Jami 137 2 10 0 2 0 0 0 149 2
SC Freiburg 2020—2021 30 1 1 0 0 0 31 1
Umumiy faoliyatida 257 17 15 0 6 0 0 0 278 17
Jamoa Mamlakat Año
Tours F. C.   Fransiya 2013—2016
Angers S. C. O.   Fransiya 2016—2020
S. C. Friburgo   Germaniya 2020—2021
Stade Rennais F. C.   Fransiya 2021—

Manbalar tahrir

  1. „Baptiste Santamaria“. Stade Rennais F.C.. Qaraldi: 2022-yil 1-avgust.
  2. „Серкль Атлетик VS. Тур 1:2“ (en). soccerway.com (2013-yil 18-oktyabr).
  3. „Тур VS. Гавр 2:2“ (en). soccerway.com (2013-yil 22-noyabr).
  4. „Генгам VS. Анже 1:0“ (en). soccerway.com (2016-yil 29-oktyabr).
  5. „Дижон VS. Анже 1:3“ (en). soccerway.com (2018-yil 15-sentyabr).
  6. „Фрайбург VS. Вольфсбург 1:1“ (en). soccerway.com (2020-yil 27-sentyabr).
  7. „Фрайбург VS. Хоффенхайм 1:3“ (en). soccerway.com (2021-yil 2-yanvar).
  8. „BAPTISTE SANTAMARIA DEPARTS FOR RENNES“. SC Freiburg (2021-yil 17-avgust). Qaraldi: 2021-yil 17-avgust.
  9. „Ренн VS. Нант 1:0“ (en). soccerway.com (2021-yil 22-avgust).
  10. „Клермон VS. Ренн 2:1“ (en). soccerway.com (2022-yil 23-yanvar).