Barja (frans. barge) — shatakka olib yuriladigan yuk kemasi. Unda dengiz, daryo, koʻl, kanal va portlarda yuk tashiladi. Metall va yogʻochdan yasaladi. B. 12000 t va undan ham koʻproq yuk koʻtara oladi. Unga ichki yonuv dvigateli oʻrnatish ham mumkin. B.ning 1000 t gacha yuk tashiladigan xili berlina deb ataladi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil