Barotxo'ja mahallasi
'Barotxoʻja'— (Qoʻyliq koʻch.,46a-uy) Mirobod tumanidagi mahalla. Qoʻyliqota, „Parvona“, „Matonat“, mahallalari bilan chegaradosh. 1936-yil tashkil qilingan, bunda mahallaning birinchi oqsoqoli Tursunboy Saliboyevning xizmatlari katta boʻlgan. Mahalla hududidan anhor oqib oʻtadi. Aytishlaricha, ushbu anhorda qadimda Barotxoʻja ismli shaxs umrining oxirigacha miroblik qiligan. Uning vafotidan soʻng anxor Barotxoʻja deb nomlangan. Mahalla ham shu kishiga nisbat berilib, Barotxoʻja deb atalgan. Aholisi 3062 kishi, asosan oʻzbeklar shuningdek rus, koreyslar ham yashaydi(2009). Mahalla hududida 18 ta koʻcha, oʻrta taʼlim maktabi, „Buxoro“ restorani, 2 ta qahvaxona, 2 ta nonvoyxona, Gafur Gʻulom nomidagi madaniyat uyi, oziq-ovqat doʻoni joylashgan[1].
Barotxo'ja Barotxo'ja mahallasi | |
---|---|
Mahalla | |
Mamlakat | O'zbekiston |
Shahar | Toshkent |
Tuman | Mirobod |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Telefon kodi | +998 (71) |
Pochta indeks(lar)i | 700001 |
Avtomobil kodi | 01 |
Manbalar
tahrir- ↑ Toshkent.Ensikopediya. Toshkent: Oʻzbekiston, 2009 — 105-bet.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |