Basenji
Bu maqolada bir qancha muammolar mavjud. Iltimos, ularni tuzatib yordam qiling yoki shu muammolarni munozara sahifasida muhokama qiling.
|
Basenji (basenji), afrikalik hurmaydigan it, eng qadimgi it zotlaridan biri hisoblanadi.
Itning tarixi
tahrirQadimgi Misrda bu itlar fir’avnlarga sovgʻa sifatida olib kelingan, Misrliklar bu it zotini juda hurmat qilgan va ularni tirik tumor deb hisoblagan. Bu gapning isbotini fir’avn qabrlaridagi devor tasvirlari, shuningdek itlarning topilgan mumiyalari tasdiqlaydi. Basenji kabi itlar Nubiyada (zamonaviy Sudan hududi) keng tarqalgan. Kermaning qadimgi Nubiya madaniyati davrida arxeologlar ayol qabridan, basenjiga oʻxshash itning suyak qoldiqlari topilgan.
Kongo Demokratik Respublikasi) hayvonlarni ovlash mavsumida bu it zotidan yordamchi sifatida foydalanishadi va ularni yuksak etirof etishadi. Basenji itlari 1895-yilda birinchi marta Afrika qitʼasini tark etdi va dengizchilar tomonidan Angliyaga olib ketildi, ammo bu itlar iqlimga moslasha olmay qirilib ketdi.
1905-yilda Basenji Berlin hayvonot bogʻida ekzotik hayvonlar sifatida paydo boʻldi va 1930-yillarda ular Angliyaga olib kelindi, u yerda Basenji zotidagi standarti tasdiqlandi, bugungi kunda ham boqib kelinadi. 1937-yilda birinchi Basenji Amerika Qo'shma Shtatlaridagi koʻrgazmada „Kongo teriyeri“ nomi bilan paydo boʻldi, shundan keyin bu zot eʼtiborga olindi. 1941-yilda Amerikaga bir nechta basenji olib kelindi va bu zotning dunyo boʻylab tarqalishi ular bilan boshlandi. Basenji ham hurishi mumkin, lekin odatda faqat bir marta huriydi va keyin jim qoladi. Shuningdek, u qisman xonakilashtirilgan deb taxmin qilinadi. Uning metabolizmi boshqa uy hayvonlarinikiga oʻxshamaydi.
Tavsifi
tahrir• Boʻyi – 43 sm
• Vazn – 11 kg
• Rangi – 4 xil
Manbalar
tahrir1)Noonan, C. H. B.; Kay, J. M. (1990). „Prevalence and Geographic-distribution of Fanconi syndrome in Basenjis in the United States“. Journal of the American Veterinary Medical Association.
2)Dollman, Guy (April 1937). „The Basenji Dog“. Journal of the Royal African Society
3)Edwards, Richard J.; Field, Matt A.; Ferguson, James M.; Dudchenko, Olga; Keilwagen, Jens; Rosen, Benjamin D.; Johnson, Gary S.; Rice, Edward S.; Hillier, La Deanna; Hammond, Jillian M.; Towarnicki, Samuel G.; Omer, Arina; Khan, Ruqayya; Skvortsova, Ksenia; Bogdanovic, Ozren; Zammit, Robert A.; Aiden, Erez Lieberman; Warren, Wesley C.; Ballard, J. William O. (2021). – „Chromosome-length genome assembly and structural variations of the primal Basenji dog (Canis lupus familiaris) genome“