Batash
Batash, botosh — oʻzbek qabilalaridan biri. Batashlar 18 — 19-asrlarda Buxoro xonligining siyosiy hayotida muhim rol oʻynagan. V. Radlovning yozishicha, mangʻitlar sulolasidan boʻlgan Buxoro xoni taxtga oʻtirar ekan, uni 4 qabila vakillari kigizga oʻtqazib 4 tomonidan koʻtarganlar. Bu qabilalar — ming, allot (arlot), bahrin va batash boʻlgan. 19-asrning 70-y.larida Qashqadaryo viloyatida 5 ming Batash boʻlgan. Batashlar oʻtroq holda Buxoro, Surxondaryo viloyatlarida ham yashagan. Batash oʻzbek millati tarkibiga kirgan.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |