Batirashvili, Tarxan Temurovich

Tarxan Temurovich Batirashvili ( gruzincha: თარხან თემურის ძე ბათირაშვილი ; 11-fevral 1986-yil , Birkiani, Gruziya SSR, SSSR - 10-iyul, 2016-yil, Iroq ) - Suriya va Iroqdagi fuqarolar urushi ishtirokchisi, 2013-yildan - Iroq va Shom Islom Davlati (Suriya) harbiy amiri, "xalifalik" e'lon qilinganidan keyin esa uning "mudofaa vaziri" bo'ldi. Abu Umar ash-Shishoniy ( arabcha: أبو عمر الشيشاني Abu Umar Chechen [1][2] ) nomini oladi.

Tarjimayi hol

tahrir

1986-yil, 11-fevralda [3] Pankisi darasining Birkiani qishlog'ida tug'ilgan. Temur Batirashvilining otasi nasroniy [4], etnik pshav bo`lgan. Uning onasi chechen musulmonlaridan bo`lib saraton kasalligidan vafot etgan[5]. Oilada uch o‘g‘il bor: Tengiz, Tamaz va Tarxon, ularning barchasi bir paytlar nasroniylikni qabul qilgan, keyin esa vahobiy musulmon bo‘lishgan[6][7]. Tamaz, otasining so'zlariga ko'ra, Chechenistonda jang qilgan [8] .

Cho'pon bo'lib ishlagan. Maktabni tugatgach, 2007-yilda Gruziya armiyasiga chaqirildi, Janubiy Osetiyadagi to`qnashuvlarda qatnashdi . Otasining so'zlariga ko'ra, u ofitser bo'lishni niyat qiladi. Harbiy martabaga ega bo`lishni istagan edi[9], lekin tez orada sil kasali aniqlandi va u sog'lig'i sababli serjant unvoni bilan armiyadan bo'shatildi [10]. U politsiyaga ishga kirishga harakat qilgan, ammo hech qanday natija bermadi [5] .

2010-yilning kuzida Tarxan Batirashvili noqonuniy qurol saqlashda ayblanib sudlangan edi[11]. Qamoqxonada Tarxon radikal islomni qabul qiladi.

2012-yilda kasallik tufayli qamoqdan muddatidan oldin ozod bo‘lib, Turkiyaga jo‘nab ketadi. Ketish sababi moliyaviy ahvolning og`irligi edi. Otasi “Endi u yerga [Suriyaga] eʼtiqodi tufayli borganini aytadi, lekin bilaman, bir tiyinimiz yoʻqligi uchun shunday qilgan” [10] deb yozg`iradi. Keyinroq u Suriyaga yetib keldi.

Suriya va Iroqdagi harbiy harakatlarda ishtirok etishi

tahrir

left|thumb|200x200px| Tarxan Batirashvili Suriyada 2013-yildan boshlab Batirashvili Suriyadagi fuqarolar urushida hukumatga qarshi kuchlar tomonida qatnashgan. U asosan sobiq SSSR davlatlaridan kelgan muhojirlardan tashkil topgan " Jaysh-al-Muhojirin val-Ansor " (arab tilidan tarjimasi - "Muhojirlar va yordamchilar armiyasi") [12] islomiy guruhiga rahbarlik qilgan. Keyin u IShID safiga qo‘shildi[3]va 2013-yilning may oyida Suriyaning shimoliy sektorida [13] - Halab, Raqqa, Latakiya va Idlib viloyatlarida jang qilayotgan guruhga rahbarlik qildi. 2013-yilning noyabr oyi oxirida Jaysh al-Muhojirin boʻlindi: Batirashvili boshchiligidagi bir qismi IShID bilan toʻliq birlashdi, ikkinchisi Saloh ad-Din ash-Shishaniy boshchiligida mustaqil guruh sifatida faoliyatini davom ettirdi[14] [15]. Abu Usama al-Mag‘ribiy ash-Shishaniyga yaqin bo‘lgan va u bilan birgalikda 2013-yili Menag aerodromiga hujumni boshqargan. 2014-yilda uning qo‘mondonligi ostidagi otryadlar shimoli-sharqdan Dayr-az-Zor shahriga bostirib kirgan al-Nusra fronti va islomiy front guruhlari uchun barcha ta’minot yo‘llarini uzib qo‘ygan. Bu guruhning qurshab olingan a'zolari olti oy davomida hukumat samolyotlari tomonidan bombardimon qilinishiga olib keldi va keyin qurshovdan chiqib ketishga majbur bo'ldi. Tarxan Batirashvili shuningdek, Dayr-az-Zor viloyatida IShID yetakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiyga bay‘at qilishdan bosh tortgan va qurolli qarshilik ko‘rsatgan Shuaytat sunniy qabilasi qirg‘inlari uchun ham javobgardir [16] .

2015-yilning may oyida AQSh Davlat departamenti Batirashvilini qo‘lga olishga xizmat qiladigan ma’lumot uchun 5 million dollar mukofot puli berishini ma'lum qiladi [17].

2016-yil sentabrida Tarxan Batirashvilining o‘limidan so‘ng IShIDning bosh harbiy rahbari lavozimi Tojikiston OMON guruhining sobiq rahbari Gulmurod Halimovga (at-Tojiki) o‘tkazilgani ma’lum bo‘ldi.

Va shuningdek...

tahrir
  • Suriyadagi chechen jangchilari
  • Suriya fuqarolar urushi

Eslatmalar

tahrir
  1. „Syria Analysis: The «True» Story of Insurgent Leader Abu Umar al-Shishani“. 2015-yil 23-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 7-oktyabr.
  2. „Комиссованный из грузинской армии чеченец стал лицом сирийских боевиков“ (ru). Коммерсантъ. 2014-yil 6-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 30-avgust.
  3. 3,0 3,1 „Syria crisis: Omar Shishani, Chechen jihadist leader“ (en). BBC. 2018-yil 24-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 30-avgust.
  4. „Отец Тархана Батирашвили, Тимур – грузин-тушин, глубоко верующий христианин.“ (ru). Свободная Зона. Qaraldi: 2015-yil 26-noyabr.
  5. 5,0 5,1 „«Был бы зал для регби — не нужен был джихад» Почему жители Панкисского ущелья воюют за ИГИЛ: репортаж Даниила Туровского, «Медуза», 24.11.2014“. 2015-yil 9-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 8-iyul.
  6. „Как грузинский сержант стал лидером джихада в Ираке — BBC Русская служба“. 2016-yil 1-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 29-dekabr.
  7. „Новости NEWSru.com :: Отец воюющего в Ираке рыжебородого «чеченца» рассказал, что тот на самом деле — грузин“. 2015-yil 29-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 28-dekabr.
  8. Звиад Мчедлишвили. „Панкисский след в ближневосточном джихаде.“ (ru). Newcaucasus.com (2014-yil 1-sentyabr). 2015-yil 18-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 15-mart.
  9. „'Omar The Chechen' Should Come Home, Says Dad“ (en). Sky News. 2014-yil 10-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 30-avgust.
  10. 10,0 10,1 „Как грузинский сержант стал лидером джихада в Ираке“ (ru). BBC. 2014-yil 12-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 30-avgust.
  11. „Этнический чеченец из Грузии стал полевым командиром в Сирии“ (ru). Newsru.com. 2014-yil 20-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 30-avgust.
  12. Мурад Шишани. „Чеченцы из Грузии отправляются воевать в Сирию“. Русская служба Би-би-си (2013-yil 21-noyabr). 2016-yil 15-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 16-iyul.
  13. „Обращение командующего Северным направлением Исламского Государства Ирака и Шама Амира Умара аш-Шишани“. Кавказ-центр (2013-yil 7-avgust). 2016-yil 16-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 16-iyul.
  14. Aymenn Jawad Al-Tamimi. „The Syrian rebel groups pulling in foreign fighters“ (en). BBC News (2013-yil 24-dekabr). 2018-yil 18-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 16-iyul.
  15. Кавказский узел.
  16. Главный русскоговорящий командир ИГИЛ убит // Голос Ислама, 14.07.2016.
  17. „Reward Offers for Information on Islamic State of Iraq and the Levant (ISIL) Terrorists“. 2015-yil 13-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 26-noyabr.

Havolalar

tahrir