Bauirjan Yesmaxan
Bauijan Abdirashuli Yesmaxan (qozoqcha: Бауыржан Әбдірашұлы Есмахан; 1975-yil 6-iyul) – qozogʻistonlik din arbobi, „Qozogʻiston musulmonlari diniy boshqarmasi“ diniy tashkiloti rais oʻrinbosarlaridan (noyib-muftiy) biri[1]. Ilgari u Aqtoʻbe viloyati bosh imom-xatibi va Aqtoʻbe viloyati diniy ishlar boʻlimi mudiri boʻlgan. Mashhur qozoq qoʻshiqchisi Yerke Yesmaxonning akasi.
Bauirjan Yesmaxan | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Tavalludi | 7-iyun 1975-yil |
Dini | Islom |
Kasbi | Qozogʻiston musulmonlari diniy boshqarmasida rais oʻrinbosari |
Biografiyasi
tahrirBauirjan Yesmaxan 1975-yil 6-iyulda tugʻilgan. Istanbulda islomiy taʼlim olgan. 2008-yilda Q.Jubanov nomidagi Aqtoʻbe davlat universitetining huquqshunoslik fakultetini tamomlagan. Uzoq vaqt Qozogʻiston musulmonlari diniy boshqarmasining Aqtoʻbe viloyati boʻyicha vakili, Aqtoʻbe shahridagi eng yirik masjid – „Nur Gasir“ masjidining bosh imom-xatibi boʻlgan.
Keyinchalik Yesmaxan Aqtoʻbe viloyati din ishlari boʻlimi mudiri etib tayinlandi, oʻrniga Abdimutali Daurenbekov[2] imom etib tayinlandi[3].
Hozirda u „Qozogʻiston musulmonlari diniy boshqarmasi“ diniy tashkiloti raisining (noyib-muftiyning) uch oʻrinbosaridan biri[1].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 „Отделы ДУМК“. Muftyat.kz (официальный сайт ДУМК). 2019-yil 3-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 3-aprel.
- ↑ Самал Ендибаева. „Назначен директор департамента по делам религий Актюбинской области“. Казинформ. Qaraldi: 2013-yil 20-aprel.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Восстал Актюбинский областной имам Есмахан (Казахстан). Не хочет ехать в Кзыл-Орду“. Kazakhstan Today. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 20-aprel.
Havolalar
tahrir- „Страничка Бауыржана Есмахана в социальной сети Мой Мир@Mail.Ru“. 2013-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 20-aprel.