Baxodir Sobirov

texnika fanlari doktori, professor

Bahodir Sobirov Boypoʻlotovich (1963-yil 17-aprel, Navbahor tumani, Navoiy viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, texnika fanlari doktori, professor[1]

Sobirov Baxodir Boypulotovich
Tavalludi 17-aprel 1963-yil (1963-04-17) (61 yosh)
Navbahor tumani, Navoiy viloyati, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Taʼlimi Toshkent davlat universiteti
Ilmiy darajasi texnika fanlari doktori
Ilmiy unvoni professor

Biografiyasi tahrir

Bahodir Sobirov 1963-yil 17-aprel Navoiy viloyati Navbahor tumanida tugʻilgan[2]. 1985-yilda Toshkent davlat universitetini tamomlagan. 1985—1992-yillarda Navoiy shahar 2-hunar-texnika bilim yurti ishlab chiqarish ustasi, o‘quv ishlari bo‘yicha  direktor o‘rinbosari, tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, 1992—1995-yillarda Toshkent davlat texnika universiteti Navoiy bo‘limida ximiya va ximiya texnologiya kafedrasi laboranti, katta laboranti, assistent, katta o‘qituvchi, ximiya-texnologiya fakultetida dekan o‘rinbosari, 1995—1998-yillarda Navoiy davlat konchilik instituti qoshidagi ixtisoslashgan texnika kolleji direktori, 1998—2000-yillarda Navoiy davlat konchilik instituti tadbirkorlik va iqtisod masalalari bo‘yicha prorektori, 2000—2010-yillarda Navoiy viloyati o‘rta maxsus, kasb-hunar taʼlimi boshqarmasi boshligʻi, 2010—2013-yillarda Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi „Fan va taraqqiyot“ davlat unitar korxonasi katta ilmiy xodim izlanuvchisi, 2013—2013-yillarda Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi „Fan va taraqqiyot“ davlat unitar korxonasi raisi o‘rinbosari, 2013—2018-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi, o‘rta maxsus kasb-hunar taʼlimi markazining Idoraviy metrologik nazorat xizmati rahbari, 2018—2019-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi, Kasb-hunar taʼlimi markazi kasb-hunar kollejlari faoliyatini o‘quv-metodik muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi, 2019-yilda Kasb-hunar taʼlimi tizimini inovatsion rivojlantirish, pedagog kadrlar malakasini oshirish hamda ularni qayta tayyorlash instituti rahbari vazifasini bajaruvchi, 2019—2020-yillarda Pedagog innovatsiyalar, kasb-hunar taʼlimi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish instituti rektori[3] lavozimida ishlagan. 2020-yildan Navoiy davlat pedagogika instituti rabhari[4][5][6][7]. Oliy majlis qonunchilik palatasining Inson huquqlari bo‘yicha vakili qoshidagi insonning erkinliklariga rioya etilishi va konstitutsiyaviy huquqlari boʻyicha komissiya aʼzosi[8][9][10]. „Elektron taʼlim“ va „Navoiy davlat pedagogika instituti ilmiy-uslubiy axborotnomasi“ jurnallarida bosh muharriri.

Ilmiy faoliyati tahrir

Bahodir Sobirovning 4 ta hammualliflikda darslik, o‘quv hamda uslubiy qo‘llanmalari chop qilingan. „Polimerlar kimyo“, „Kimyo tarixi“, „Organik kimyo“ singari darslik hamda o‘quv qo‘llanmalari nashr qilingan[11].

Manbalar tahrir

Andoza:OʻTOE