Baxshillo Olimov

oʻzbekistonlik olim, fizika-matematika fanlari nomzodi, professor

Baxshillo Amrillayevich Olimov (1956-yil, Vobkent tumani, Buxoro viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, fizika-matematika fanlari nomzodi, professor.

Baxshillo Olimov
Tavalludi 1956-yil
Vobkent tumani, Buxoro viloyati, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Ish joylari Toshkent shahar pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti
Taʼlimi Toshkent davlat universiteti
Ilmiy darajasi fizika-matematika fanlari nomzodi
Ilmiy unvoni professor

Biografiyasi

tahrir

Baxshillo Olimov 1956-yilda Buxoro viloyati Vobkent tumanida tugʻilgan[1]. 1974—1982-yillarda Toshkent davlat universiteti fizika fakulteti Kosmik nurlar va elementar zarrachalar kafedrasida tahsil olgan[1]. Mehnat faoliyatini 1977-yilda Toshkent davlat universiteti fizika fakulteti „Yadro fizikasi va kosmik nurlar“ kafedrasida katta laborant, mexanik, katta injener lavozimida boshlagan. 1987—1994-yillarda oshkent davlat universiteti qoshidagi „Amaliy fizika ilmiy tadqiqot instituti“da yadro mikroanaliz laboratoriyasida ilmiy xodim lavozimida faoliyatini davom ettirdi. Keyinchalik Toshkent davlat universiteti qoshidagi S. H. Sirojiddinov nomli akademik litseyda boʻlim boshligʻi lavozimida, 2002-yildan boshlab Toshkent shahar pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti „Tabiiy va aniq“ fanlar kafedrasi katta oʻqituvchisi va 2009-yildan kafedra mudiri lavozimida ishlagan. Hozirda „Fizika, matematika va informatika“ jurnali muharriri[1].

Ilmiy faolyati

tahrir

2001-yilda Yadro fizikasi institutida „Yuqori temperaturali oʻta oʻtkazgichlarni takomillashgan EPR-spektrometrida mikrotoʻlqinlar vositasida tadqiqot qilish“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. 2007-yilda dotsent ilmiy unvoni berilgan. 1 ta monografiya, 2 ta uslubiy qoʻllanma va 30 tadan ziyod ilmiy maqolalar muallifi[1].

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi, 2-tom (oʻzbekcha), Toshkent: Science and Innovation, 2023 — 383-bet.