Baxtiyoriy
Baxtiyoriy — xoʻraki hamda vinobop jaydari uzum navi. Tup i kuchli oʻsadi. Guli ikki jinsli. Bargi katta (boʻyi 18 — 21 sm, eni 22 — 23 sm), toʻgarak, besh boʻlakchali, cheti bir oz yuqoriga qaytarilgan, mayda arra tishli, tuksiz. Uzum boshi silindrkonussimon, katta (boʻyi 20 - 25 sm, eni 10 - 20 sm), oʻrtacha tigʻiz, ogʻirligi 500—600 g . Gʻujumi oʻrtacha (14 – 20 mm), tuxum shaklida, sargʻish-yashil, etdor va ser-shira, poʻsti yupqa. Sentabr boshlarida pi-shadi. Tarkibidagi qand 18 — 19%. Hosildorligi 120 — 140 s/ga. Bu nav qurgʻoqchilikka ancha chidamli, shuning uchun lalmikor yerlarda yaxshi oʻsadi. So-vuqqa chidami oʻrtacha. Samarqand viloyatida keng tarqalgan.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |