Bayda
Bayda (arab : بيداء) – Hijoz mintaqasidagi Makka va Madina oʻrtasidagi choʻl. Choʻl suvsiz/oʻtsiz hudud[1]. Hududdan Makka shahridagi Masjid-u-Shajaragacha[2] boʻlgan masofa ikki kilometrdir[3].
Islomiy rivoyat(lar)ga koʻra[4][5], Xasful-Bayda yoki (Sufyoniy qoʻshini) Bayda diyorida yerga yutilib ketishi Mahdiyning zohir boʻlish belgilaridandir[6][7][8][9].
Etimologiyasi
tahrirBu joyning nomi „Xasfi-Bayda“ (Bayda yerida yerga kirib ketish) hadisida shunday nom bilan rivoyat qilingan. Ham shia, ham sunniy islom manbalarida „Bayda hududida yer yutishi“ hodisasi Mahdiyning zohir boʻlish belgilaridan biri sifatida islomiy hadislar asosida qayd etilgan[10].
Bayda – suvsiz va oʻtsiz choʻl[11] boʻlib, atama sifatida Madinadan 9 kilometr janubi-gʻarbda va Zul-Halifada joylashgan bepoyon choʻlning nomi sifatida qoʻllanadi. U Madinadan Jidda va Makkaga boradigan yoʻl orqali janubiy va shimoliy ikki qismga boʻlingan[12].
Islom esxatologiyasi
tahrirXasf al-Bayda haqida[13][14][15][16] Muhammad ibn Ali ibn al-Husayn (Muhamad al-Boqir) dan bir hadis bor: „Axar-az-Zamonda (oxiri zamon) Sufyoniy lashkari Bayda hududiga kirganida, bir nidochi shunday deb nido qiladi: Ey ochiq-oydin, oʻsha qavmni (Sufyoniy lashkarini) yoʻq qil! Keyin yer ularni yutib yuboradi va 3 kishidan boshqa hammasi nobud boʻladi“[17].
Namoz
tahrirFeqhiy manbalarida aytilishicha: „Namoz oʻqish mana shu choʻlda (Baydada) makruhdir (yaʼni harom emas, balki qilmaslik yaxshiroqdir) va Ilohiy azob bu yerga tushadi“[18].
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ Where is the land of Bayda? rasekhoon.net
- ↑ Khasfe Bayda (Wayback Machine saytida 2020-04-12 sanasida arxivlangan) ahlolbait.com
- ↑ Shahroodi, Farhang-e Fegh, Vol. 2, P. 160-161
- ↑ The place of Khasf in Bayda (Wayback Machine saytida 2021-01-23 sanasida arxivlangan) porseman.com
- ↑ Where will occur the fourth sign of Dhuhur (reappearance of Imam Zaman (Mahdi)? fardanews.com
- ↑ Khasf-al-Bayda from Signs of the reappearance welayatnet.com
- ↑ Khasf-al-Bayda farsnews.ir
- ↑ Necessity of the separation of define signs of Duhur from non-definite signs tebyan.net
- ↑ Signs of the reappearance of Muhammad al-Mahdi hawzah.net
- ↑ Sanʼani, al-Mosanaf, Bita, Vol. 11
- ↑ Al-Ein, Vol. 8, P. 84; Bayd
- ↑ Tarikh Maʼalem al-Madina, P. 346
- ↑ Mohammad ibn Ibrahim (Naʼmani), Alqeibah, Tehran, MaktabolSaduq, P. 257
- ↑ Khasf-al-Bayda ensani.ir
- ↑ Mohammad ibn Ali (Sadoogh), Kamalodin o TamamolNeʼmah, Vol. 1, P. 331
- ↑ Khasf-e Bayda in Quran (Wayback Machine saytida 2020-04-11 sanasida arxivlangan) masaf.ir
- ↑ َAl-Gheibah (Naʼmani). Maktebah-al-Sadough, P. 279
- ↑ Najafi, Jawaher al-Kalam, Vol. 8, P. 349