Baydara vodiysi - Qrim yarim orolning janubiy gʻarbidagi soylik. Sevastopoldan janubiy sharqda. Uz. 16 km, eni 8 km gacha. Soylikda dehqonchilik qilinadi, bogʻ, tokzorlar barpo etilgan, yon bagʻrida daraxt va butalar oʻsadi. Yalta—Sevastopol shosse yoʻli Baydara vodiysi dan (Baydara Darvozasi dovoni orqali) oʻtadi. Turizm rivojlangan.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil