Beauxbatons
Beauxbatons Sehr akademiyasi (fransuzchadan tarjimasi – „chiroyli tayoqchalar“) ingliz yozuvchisi J. K. Rowling tomonidan yaratilgan Harry Potter xayoliy olamidagi fransuz sehrgarlik maktabi.
Maʼlumotlar
tahrir„Harry Potter va Alanga kubogi“da, Beauxbatons talabalari Uch sehrgar turnirida ishtirok etish uchun Hogwartsga kelishadi. Ular qanotli Palomino otlari bogʻlangan aravada kelishgan[1]. Beauxbatons janubiy Fransiyadagi Pireney togʻlarida joylashgan, muz haykallari va oʻrmon nimfalari bilan toʻla maktab-internat sifatida tasvirlangan[2]. Beauxbatonsda fransuz oʻquvchilari soni koʻp, ammo ispan, portugal, golland, lyuksemburg va belgiyalik talabalar ham bor[3]. Kitobdagi ushbu maktab delegatsiyasiga ushbu maktab direktori, yarim dev ayol Olympe Maxime boshchilik qiladi: tana oʻlchamlariga qaramay, u chiroyli va nafis ayol edi[1].
Oʻquvchilari
tahrirBeauxbatons oʻquvchilari Sharqiy Yevropadagi Durmstrang maktabining jiddiy va qoʻpol oʻquvchilarining aksi sifatida, asosan goʻzal uzun sochli qizlar va jozibali oʻgʻil bolalar sifatida tasvirlangan[1]. Shuningdek yana bir oʻrinda ikki maktabni solishtirishimiz mumkin:Beauxbatonlar aravasi yorqin rangli va chiroyli, Durmstrang talabalari kelayotgan kema umuman aksi.
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 Flotmann 2014.
- ↑ Oziewicz 2010.
- ↑ „Pottermore - Beauxbatons Academy of Magic“. Qaraldi: 2016-yil 7-avgust..
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |