Bekkerel (Becquerel) — fransuz fiziklari:

  1. Antoine César Becquerel (1788—1878) — Parij FA aʼzosi. Ilmiy ishlari fluoressensiya, fosforessensiya, termoelektr, elektr kapillyarlik, moddaning magnit xossalari, kristallooptika, galvanik elementlar nazariyasi va moddaning elektr oʻtkazuvchanligi masalalariga oid;
  2. Louis Alfred Becquerel (1814-1862) — shifokor va fiziolog;
  3. Alexandre-Edmond Becquerel (1820—91) — Antuan Sezarning oʻgʻli, prof., Parij FA prezidenti (1880). Fotogalvanik effektni kashf qilgan, fosforessensiya, fotokimyo, fotografiya, atmosfera elektri va hokazo bilan shugʻullangan;
  4. Henri Becquerel (1852 — 1908) — Aleksandr Edmonning oʻgʻli. Parij FA aʼzosi (1889). Qattiq jismlar fizikasi, pyezoelektr hodisalari hamda yadro fizikasi sohalarida ishlagan. Uran tuzlarining tabiiy radioaktivligini kashf qilgan (1896). Nobel mukofoti laureati (1903; P. Kyuri va M. Sklodovskaya-Kyuri bilan birgalikda);
  5. Jean Becquerel (1878 — 1953) — Antuan Anrining oʻgʻli. Parij FA aʼzosi. Kristallar optik va magnitooptik hodisalarining oʻzgarishini tekshirgan hamda fotolyuminessensiya bilan shugʻullangan[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  Familiyadoshlar haqidagi maqolalar roʻyxati.
Agar siz bu yerga Vikipediyaning boshqa maqolasidan kelgan boʻlsangiz, ishoratni shunday aniqlashtirish kerakki, u aniq shaxs haqidagi maqolaga yoʻl koʻrsatsin. Sh. qarang: Mavjud maqolalarning toʻliq roʻyxati.