Bedreddin Mahmud Bey
Bedreddin Mahmud Bey (turkcha: Bedreddin Mahmud Bey) — Karamanoğulları bekligining asoschisi Kerimüddin Karaman Beyning oʻgli boʻlib, beklikni 1300-1312-yillarda boshqargan[1][2].
Bedreddin Mahmud Bey | |
---|---|
turkcha: Bedreddin Mahmud Bey' | |
Karamanoğulları beki | |
Saltanat | 1300-1312 |
Oʻtmishdoshi | Güneri Bey |
Davomchisi | Musa Bey |
Tugʻilishi | ? |
Vafoti | 1312-yil |
Dafn etilgan joy |
Balkusan |
Farzandlari |
Musa Bey Bedreddin İbrahim Bey I Alâeddin Halil Mirza Bey |
Uy | Karamanoğulları |
Otasi | Kerimüddin Karaman Bey |
Dini | Sunni Islom |
Tarix
tahrirMahmud Beyning tugʻilgan sanasi nomaʼlum. Ehtimol, 1293-yilda u muhim port hisoblangan Alaya shahriga qarshi yurishda akasi bilan birga qatnashgan. 1277-yilda u mamluk sultoni Beybarsning hokimiyatini tan olib, Ich-il hududini iqto sifatida oldi. Katta ehtimol bilan mamluklar Mahmud Beyni Hulokuiylar davlati bilan boʻlgan jangdagi gʻalabasi tufayli ushbu hududlar unga iqto sifatida berilgan. 1288-yilda karamanlilar moʻgʻullar bilan boʻlgan jangda magʻlubiyatga uchragach, Koʻniya sultonligi sultoni Masud II hokimiyatini tan oldi. 1293-yilda u Kipr qiroli Genrix II bosib olishga tayyorgarlik koʻrayotgan Alaya shahriga yurishda qatnashgan (boshqa manbalarga koʻra, ushbu harbiy hujumga boshchilik qilgan). Hujum muvafaqqiyatli amalga oshirilib, Alaya Karamanoğulları bekligiga qoʻshib olindi. Bu yerda ham kichik yarim mustamlaka beklik tuzilib, Mahmud akasi Güneri Bey homiyligi ostida shaharni boshqargan.
Bedreddin Mahmud Bey akasi Güneri Beyning 1300-yilda vafotidan soʻng, beklik taxtiga oʻtirdi. U moʻgʻullar va Koʻniya sultonligiga qarshi kurashni davom ettirdi. Taxt uchun kurashayotgan shahzodalarga oʻz dastagini berdi. 1308-yilda u sulton Maʼsud III ning oʻlimidan va Koʻniya sultonligining tugatilganligidan foydalanib, Koʻniyani egallashga harakat qiladi, lekin moʻgʻul noʻyoni bilan boʻlgan jangda magʻlubiyatga uchradi.
U 1312-yilda vafot etgan boʻlib, Balkusanga dafn etilgan. Undan soʻng, taxtga oʻgʻli Hacı Sûfi Burhâneddin Musa Bey chiqdi.
Manbalar
tahrirHumkdorlik unvoni | ||
---|---|---|
Oʻtmishdoshi: Güneri Bey |
Karamanoğulları beki 1300-1312 |
Vorisi: Musa Bey |