Hacı Sûfi Burhâneddin Musa Bey

Hacı Sûfi Burhâneddin Musa Bey (turkcha: Hacı Sûfi Burhâneddin Musa Bey) — Karamanoğulları bekligining asoschisi Kerimüddin Karaman Beyning nabirasi va Bedreddin Mahmud Beyning oʻgʻlidir. Ushbu beklik 1250-1487-yillar orasida Onadoʻlida hukm surgan boʻlib, XIV-XV asrlarda Onadoʻlida Usmonlilar imperiyasi bilan birga eng qudratli davlat hisoblangan.[1][2].

Hacı Sûfi Burhâneddin Musa Bey
turkcha: Hacı Sûfi Burhâneddin Musa Bey'
Birinchi beklik davri
Saltanat 1312-1332
Oʻtmishdoshi Bedreddin Mahmud Bey
Davomchisi Bedreddin İbrahim Bey I
Ikkinchi beklik davri
Saltanat 1351-1356
Oʻtmishdoshi Şemseddin Bey
Davomchisi Seyfeddin Süleyman Bey
Tugʻilishi ?
Vafoti 1356-yil
Karaman
Uy Karamanoğulları
Otasi Bedreddin Mahmud Bey
Dini Sunni Islom

Dadasi Bedreddin Mahmud Bey 1312-yilda vafot etganidan soʻng, beklik taxtiga chiqqan Musa Bey dadasi kabi moʻgʻullarga qarshi kurashishni toʻxtatmadi. Ukasi Yaxshi Beyni sobiq Koʻniya sultonligi poytaxti Koʻniya shahriga voliy etib tayinladi. Bu moʻgʻullarning rejasiga toʻgʻri kelmas edi. Sababi ushbu shahar Onadoʻlidagi muhim siyosiy strategik shaharlardan biri hisoblanardi va moʻgʻullar Onadoʻlida oʻz kuchlarini zaiflashishini xohlamas edilar. Shu sababli moʻgʻullar Koʻniya shahri ustiga harbiy safar boshladilar. Musa Beyning ukasi Yaxshi Bey moʻgʻullar bilan boʻlgan jangda ogʻir magʻlubiyatga uchradi. Shundan soʻng, moʻgʻullar qoʻmondoni Emir Çoban Koʻniya shahrini bosib oldi va Musa beklikning eski sarhadlariga hukmdorlik qilishiga toʻgʻri keldi. Ammo beklik poytaxti Karaman Misr mamluklari tomonidan dastaklangan oʻz ukasi Bedreddin İbrahim Bey I tomonidan egallandi. Musa Bey bu hududlardan ketishga majbur boʻldi va Ermenek atroflariga joylashdi. Ibn Battuta maʼlumotlariga tayanilsa, 1332-yilda Musa Bey Ermenek atroflarida hali ham hukmdorlik qilganligi oshkor boʻladi.

1352-yilda beklik ogʻir kunlarni boshdan kechirayotgan bir vaqtda, Musa Bey beklikning barcha qismlarini oʻz hokimiyati ostida toʻpladi va 1356-yilga qadar hukmdorlik qildi.

Manbalar

tahrir
  1. TDV İslam Ansiklopedisi, cilt: 28,  sayfa: 445
  2. Faruk Sümer, „Karamanoğulları“, TDV Diyanet İslam Ansiklopedisi, Ankara 2001, c. XXIV, s. 454-460.
Humkdorlik unvoni
Oʻtmishdoshi:
Bedreddin Mahmud Bey
Karamanoğulları beki
1312-1332
Vorisi:
Bedreddin İbrahim Bey I
Humkdorlik unvoni
Oʻtmishdoshi:
Şemseddin Bey
Karamanoğulları beki
1351-1356
Vorisi:
Seyfeddin Süleyman Bey