Ibn Battuta mashhur arab sayyohi ,geografi va tarixchisi hisoblangan. Barbarlarning lavat kabilasiga mansub, Ibn Battuta 28 yillik sayohatlari davomida quruqlik va dengiz orqali 120 ming km masofani bosib oʻtgan. Ibn Battuta 1325-yil yozida Marokashdan Hajga boruvchilar karvonga qoʻshilib safarga chiqqan va deyarli barcha musulmon mamlakatlarida boʻlgan. Dastlab Misr, Shom (Suriya), Livan, Falastin, Mesopotamiyaga borgan. 1332-yil uchinchi marta Makkaga borib haj marosimida qatnashgan. Nil daryosi yoqalab yana Qohiraga qaytgan. Soʻngra Ibn Battuta Yaqin Sharq mamlakatlari orqali Turkiya va Qrimga bordi. Itil (Volga) daryosi orqali Hoji Tarxon (Astraxon) ga oʻtib, Oltin Oʻrda xoni Oʻzbekxonning qabulida boʻlgan; keyin Xorazm poytaxti Urganchga kelgan. Undan Buxoro, Nahshab, Termiz, Samarkand, Balx va Kobul, Moʻlton orqali Hindistonga borgan va Dehli sultoni Muhammad Tugʻloq saroyida qariyb 8 yil molikiylar qozisi lavozimida xizmat qilgan (Ibn Battuta Sherozda ikki mazhab — molikiylar va shofiʼiylar qozisi degan shahodatnoma olgan edi). Soʻngra sayohatni davom ettirib Indoneziya va Xitoyga borgan. 1349 i. Marokashga qaytgan. 1349—52 yillar orasida Ispaniyaning arablar tasarrufidagi joylariga, 1352—53 yillarda Sudanga sayohat qilgan.

Ibn Battuta
berber.: ⵎⵉⵙ ⵏ ⵡⵓⴱⵟⵟⵓⵟ
arabcha: ابن بطوطة‎

1869-yilda ishlangan va Ibn Battuta tasvirlangan Léon Benett asari. Ibn Battuta (markazda) va uning yoʻl boshlovchisi (chapda) Misrda.
Tavalludi
Muḥammad ibn ʿAbd Allāh Muḥammad ibn Ibraḥim ibn Muḥammad ibn Yusuf

24-fevral 1304
Vafoti 1369-yil (64 yoki 65 yoshida)
Marokash, Mariniy sultonligi
Kasbi Geograf, sayyoh va olim

Ibn Battuta oʻrta asrdagi eng yirik sayohatchi boʻlib, uni uzoq mamlakatlarga sayoxat qilishda yoʻl qiyinchiliklari, muhtojlik, xavf-xatarlar toʻxtata olmagan. U borgan mamlakatlarning geografiyasi, tarixiy hamda iqtisodiy, etnog-rafik va madaniy-maishiy hayotiga oid qimmatli maʼlumotlar qoldirgan. Ayniqsa, Oʻrta Osiyo shaharlari, jumladan Samarqandning dunyoga mashhur sifatli qogʻozi xdqidagi yozganlari eʼtiborga loyiq. Hulokuiylar hukmronligi davridagi Eronning iqtisodiy va madaniy hayoti batafsil tasvirlangan. Ibn Battuta yirik savdogar ham edi, sultonlarning farmoyishi bilan baʼzan elchilik vazifalarini ham bajargan.

Ibn Battuta fors va turkiy tillarni ham yaxshi bilgan. Uning "Tuxfat an-nuzzor fi gʻaroyib al-amsor va ajoyib alafsar" ("Turli shahar va safarlardagi ajoyibotlar shohidi boʻlganlar uchun tuhfa") asari Yaqin Sharq va Oʻrta Osiyo reorp. si tarixini tadqiq etishda muhim manba hisoblanadi. Ushbu asar Ibn Battuta zamonidagi (turmushga oid) adabiyotning namunasi boʻlib, oʻz davrining adabiy va psixologik yodgorliklaridan biridir. U ilmiy manbalarda "Sayohatnoma" deb ataladi. Ibn Battuta asarlari 80 dan ortiq Yevropa va Osiyo xalqlari tillarigatarjima qilingan. Ibn Battuta faoliyati ustida oʻzbek olimi N. Ibrohimov tadqiqot ishlari olib borgan va u haqda oʻzbek, rus, arab, ingliz tillarida asarlar yaratdi.[1][2]


Sayohatlari

tahrir

Sayohat yoʻnalishi (1325—1332-yillar)

tahrir
Ibn Battutaning 1325–1332-yillardagi sayohat yoʻnaliushlari (Shimoliy Afrika, Iroq, Eron, Arabistom yarim oroli, Somali, Suahili qirgʻogʻi)

Sayohat yoʻnalishi (1332—1347-yillar)

tahrir

Sayohat yoʻnalishi (1349—1354-yillar)

tahrir
Ibn Battutaning 1349—1354-yillardagi sayohat yoʻnalishi (Shimoliy Afrika, Ispaniya and Gʻarbiy Afrika)

Manbalar

tahrir
  1. Ibragimov N., Ibn Battuta i yego puteshestviya po Sredney Azii, M, 1988
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil