Güneri Bey
Güneri Bey (turkcha: Güneri Bey) — Karamanoğulları bekligining asoschisi Kerimüddin Karaman Beyning oʻgli boʻlib, beklikni 1277-1300-yillarda boshqargan[1][2]. Guneri bey moʻgʻullarga muvaffaqiyatli qarshilik koʻrsatib, beylik hududini kengaytirish uchun koʻp ishlarni amalga oshirgan.
Güneri Bey | |
---|---|
turkcha: Güneri Bey' | |
Karamanoğulları beki | |
Saltanat | 1277-1300 |
Oʻtmishdoshi | Karamanoğlu Mehmed Bey |
Davomchisi | Bedreddin Mahmud Bey |
Tugʻilishi | ? |
Vafoti |
1300-yil Koʻniya |
Uy | Karamanoğulları |
Otasi | Kerimüddin Karaman Bey |
Dini | Sunni Islom |
Tarix
tahrirGüneri Bey akasi Karamanoğulları bekligining ikkinchi beki Karamanoğlu Mehmed Bey 1277-yilda moʻgʻullar tomonidan oʻldirilganidan soʻng, beklik taxtiga oʻtirgan. Güneri Bey hukmdorligining dastlabki davrlarida beklikda hech qanday tarixiy ahamiyatga ega muhim voqealar sodir boʻlmagan. Ammo u 1284-yilda Saljuqiylar davlatida roʻy bergan fuqarolar urushidan foydalanib, saljuqiylar taxti uchun ikki kichik shahzodani qoʻllab-quvvatladi (Mehmet I siyosatidan unchalik farq qilmaydi). U keyin Saljuqiylarning beklarbeki (beylerbeyi) deb ham eʼlon qilindi. Ammo Hulokuiylar davlati xoni Argʻun ibn Abaqaxon aralashuvi bilan oʻz hududlariga qarab chekinishga va Koʻniya sultonligining ichki ishlariga aralashmasligiga majbur boʻldi. 1287-yilda u oʻsha paytda Kilikiya Armaniston qirolligi tarkibiga kirgan Tarsga bir qancha hujumlar uyushtirdi. Biroq Armaniston hukmdori Leon II ni qoʻllab-quvvatlagan saljuqiylar va moʻgʻullar uning hududiga bostirib kirib, poytaxti Karamanni yondirib, taladilar va uni ortga chekinishga majbur qiladilar. Keyingi yili u saljuqiylar hukmdorlariga vassal boʻlishni qabul qildi.
1294-yilda u Armaniston va Kipr qirolligi koalitsiyasi tomonidan saljuqiylardan tortib olingan Oʻrta yer dengizidagi muhim port shahar Alayni turk aholi uchun qaytarib oldi[3].
Güneri Bey 1300-yilda vafot etgan boʻlib, undan soʻng beklik taxtiga ukasi Bedreddin Mahmud Bey oʻtirdi.
Manbalar
tahrir- ↑ TDV İslam Ansiklopedisi, cilt: 28, sayfa: 445
- ↑ Faruk Sümer, „Karamanoğulları“, TDV Diyanet İslam Ansiklopedisi, Ankara 2001, c. XXIV, s. 454-460.
- ↑ Karaman governor’s page (Wayback Machine saytida 2012-11-22 sanasida arxivlangan)
Humkdorlik unvoni | ||
---|---|---|
Oʻtmishdoshi: Karamanoğlu Mehmed Bey |
Karamanoğulları beki 1277-1300 |
Vorisi: Bedreddin Mahmud Bey |