Boris Beglov
Beglov Boris Mixaylovich (1938-yil 8-iyul, Novomoskovsk) — kimyogar olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (2000), texnika fanlari doktori (1975), professor (1983).[2]
Beglov Boris Mixaylovich | |
---|---|
Tavalludi |
8-iyul 1938-yil Tula viloyati, Novomoskovsk |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston va SSSR |
Sohasi | kimyo |
Institutlar | Umumiy va noorganik kimyo instituti |
Taʼlimi | Mendeleyev nomidagi Moskva kimyo-texnologiyalari instituti |
Mashhur ishlari | tiokarbamid olish usuli[1] |
Hayoti
tahrirBolalik va yoshligi
tahrirBeglov Boris Mixaylovich Tula viloyatining Novomoskovsk shahrida xizmatchi oilasida tavallud topgan. 1941 - yilning oktabrida Novomoskovsk shahrini nemis askarlari bosib olgani sababli Beglov oilasi Toshkent viloyatining Chirchiq shahriga evakuatsiya qilindi.
1955 - yilda Chirchiq sharining 8 - oʻrta maktabini kumush medali bilan bitirdi.
1960 - yilda Mendeleyev nomidagi Moskva kimyo-texnologiyalari institutida muhandis-texnolog malakasini oldi.
Ish faoliyati
tahrir1963 - yilda OʻzSSR Fanlar akademiyasining kimyo institutida ilmiy xodim boʻlib ishladi.
1970 - 1972 - yillarda Chirchiq tajribiy-ishlab chiqarish laboratoriyasining bosh mudiri lavozimida ishladi.
1982 - yilgacha institutning fan boʻyicha direktor oʻrinbosari, soʻngra 1989 - yilgacha institut direktori boʻlib faoliyat yuritdi.
Hozirgi kunda OʻzR Fanlar akademiyasining Umumiy va noorganik kimyo institutining fosforli oʻg'itlar laboratoriyasining bosh ilmiy xodimi boʻlib ishlab kelmoqda. Shu bilan birga, OʻzR Fanlar akademiyasining Oʻzbek kimyo jurnalining bosh muharriri oʻrinbosari, "Kimyo texnologiyasi. Boshqaruv va nazorat." jurnalining tahririyat kengashi aʼzosi boʻlib ish faoliyatini yuritmoqda.[2]
Ilmiy faoliyati
tahrir1964 - yilda 26 yoshlik Boris Beglov texnika fanlari nomzodligi ilmiy unvoni uchun Mendeleyev nomidagi Moskva kimyo-texnologiyalari institutida dissertatsiya yoqladi.
Oradan 11 yil oʻtib 1975 - yilda doktorlik dissertatsiyasini yoqladi.
1987 - yilda OʻzR Fanlar akademiyasining "Noorganik moddalar kimyo texnologiyasi" mutaxassisligi boʻyicha aʼzosi deb tanlandi.
2000 - yilda shu mutaxassislik boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi boʻlib tanlandi.
Beglov Boris Mixaylovich ilmiy faoliyati mobaynida 6 monografiya va 116 mualliflik sertifikati va patentlar qabul qilingan.[3]
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Manbalar
tahrir- ↑ http://www.findpatent.ru/patent/181/1810339.html - patentlar bazasi
- ↑ 2,0 2,1 http://uz.ionx.uz/ (Wayback Machine saytida 2016-08-11 sanasida arxivlangan) - Umumiy va noorganik instituti rasmiy sayti
- ↑ http://www.findpatent.ru/patent/181/1810339.html - patentlar bazasi
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |