Bekbosinov Sansizbay Abdullayevich (qozoqcha: Сансызбай Абдуллаұлы Бекбосынов; 1939-yil 22-may, Toshkent viloyati, Qibray tumani1993-yil 22-aprel) – sovet davlat arbobi, xalq deputatlari viloyat kengashi deputati.

Bekbosinov Sansizbay Abdullayevich
Сансызбай Абдуллаұлы Бекбосынов
Tavalludi 22-may 1939-yil
Vafoti 22-aprel 1993-yil
Chimkent shahri
Fuqaroligi Qozogʻiston bayrogʻi Qozogʻiston

Hayoti

tahrir

Bekbosinov Sansizbay Abdullayevich 1939-yil 22-mayda Toshkent viloyati, Qibray tumanida tugʻilgan[1].

Chimkent politexnika bilim yurtini, Olmaota xalq xoʻjaligi institutini va Olmotadagi Oliy partiya maktabini tamomlagan.

Bekbosinov Sansizbay mehnat faoliyatini 1957-yilda geologiya boʻlimida namuna oluvchi sifatida boshlagan, soʻngra Kentau shahridagi Achisoy konida komsomol qoʻmitasi kotibi boʻlib ishlagan. Keyinchalik Chimkent qoʻrgʻoshin zavodi eritish sexida elektromontyor boʻlib ishlagan. Chimkent qoʻrgʻoshin zavodidagi faoliyatidan soʻng Qozogʻiston komsomolining Chimkent shahar qoʻmitasining kotibi etib saylangan.

1970-yildan 1977-yilgacha Chimkent shahar partiya qoʻmitasida targʻibot va tashviqot boʻlimi mudiri boʻlgan[2].

1977–1980-yillarda Qozogʻiston Kommunistik partiyasi viloyat qoʻmitasining sanoat va transport boʻlimi boshligʻining oʻrinbosari hamda tashkiliy-partiya ishlari boʻlimi boshligʻining oʻrinbosari lavozimlarida ishlagan.

Bekbosinov Sansizbay Abdullayevich 1981–1985-yillarda xalq deputatlari Tyulkubas tuman kengashi ijroiya qoʻmitasi raisi boʻlgan. Keyin esa viloyat partiya qoʻmitasining sanoat va transport boʻlimi mudiri boʻlib ishlagan. 1988–1992-yillarda Kentau shahar partiya qoʻmitasining birinchi kotibi, xalq deputatlari Kentau shahar Kengashi raisi, xalq deputatlari viloyat Kengashi raisining birinchi oʻrinbosari boʻlgan[3]. Keyinchalik viloyat ijroiya qoʻmitasi raisi etib saylangan[4].

1992-yil fevral oyidan umrining oxirigacha viloyat hokimining birinchi oʻrinbosari boʻlgan.

Bekbosinov Sansizbay Abdullayevich 1993-yilning 22-aprelida Qozogʻiston Respublikasining Chimkent shahrida vafot etgan.

Manbalar

tahrir
  1. М.Қ. Əбусейітова. Қазақ көші – қазақтың қауымдасуы. Алматы: Атажұрт, 2012 — 352-bet. ISBN 978-601-7023-48-5. Qaraldi: 14-noyabr 2023-yil. 
  2. „Bekbosinov Sansizbay Abdullayevich“. http://www.knowbysight.info/. Qaraldi: 25-oktabr 2023-yil.
  3. „Хронология города Кентау“. www.kentuki.kz. Qaraldi: 14-noyabr 2023-yil.
  4. „K.A.Kambar Literary work “The name of a good man does not die”“. www.academia.edu. Qaraldi: 14-noyabr 2023-yil.

Havolalar

tahrir