Belarus milliy fanlar akademiyasi

Belarus milliy fanlar akademiyasiBelarus Respublikasidagi oʻz-oʻzini boshqaruvchi oliy ilmiy muassasa. Tabiiy, texnika va ijtimoiy fanlarning asosiy yoʻnalishlari boʻyicha tadqiqotlar olib boradi va ularni muvofiklashtiradi. 1929-yil Minsk shahrida Belarus madaniyat instituti negizida tashkil etilgan. 1997-yilga qadar Belarus Fanlar akademiyasi deb atalgan. Akademiya tarkibida 11218 xodim, jumladan 5961 ilmiy xodim, 55 akad., 96 muxbir aʼzo, 375 fan doktori, 2557 fan nomzodi ishlaydi (1997). Akademiya tizimida 6 boʻlim: fizika, matematika va informatika; mashinasozlik va energetikaning fiziktexnik masalalari; kimyo va geol. fanlari; biologiya fanlari; ijtimoiy fanlar; tibbiyot masalalari boʻlimlari bor. Konstruktorlik byurosi va boʻlimi (tadqiqot korxonalari bilan)dan iborat konstruktorlik-tadqiqot bazasi mavjud; intlar qoshida 10 maxsus konstruktorlik byurosi (tadqiqot korxonalari bilan) ishlaydi. Akademiya tizimida "Beloruskaya navuka" nashriyot-matbaa ishlab chiqarish birlashmasi, Ya. Kolas nomidagi Markaziy kutubxona, Markaziy ilmiy arxiv, qad. belarus madaniyati, Belarus Fanlar akademiyasi tarixi muzeylari bor. Fanlar akademiyasi "Dokladi AN Belorus, "Bectnik AN Belarusi (5 seriyada), "Differensialnie uravneniya", "Injenernofizicheskiy jurnal", "Jurnal prikladnoy spektroskopii", "Treniye i iznos" jur.larini, koʻp tirajli "Navshi AN Belarusa" gaz.ni nashr etadi. Fanlar akademiyasi prezidenti — Aleksandr Pavlovich Voytovich (1997-yildan).

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil