Belorus avtomobil zavodi, BelAZ — ogir yuk tashiydigan avtosamosvallar ishlab chiqaruvchi korxona. Belarusing Jodino shahrida (Minsk yaqinida). 1958-yil asos solingan. 80 tonna gacha yuk koʻtaradigan BelAZ avtosamosvallari va avtopoyezdlar, dizeltrolleyvozlar va boshqa yuk mashinalari ishlab chiqaradi. BelAZ avtosamosvallari Oʻzbekistonning togʻkon sanoati korxonalarida koʻplab ishlatiladi. 1992-yildan Angren shahrida zavodning vakolatxonasi ochilgan[1].

Manbalar tahrir